Norma’ning yozişiça, hujjat bilan qurol va uning öq-dorilari muomalasi sohasida ruxsat berişga doir talablar va şartlarni, şuningdek ruxsatnoma beriş yoki berişni rad etiş, uning amal qilişini töxtatib turiş, tugatiş va bekor qiliş hamda ruxsat berişga doir talablar va şartlarga rioya etilişini nazorat qiliş tartibini nazarda tutuvçi quyidagi nizomlar tasdiqlandi: 

Yuridik şaxslarning qurol va uning öq-dorilari muomalasi sohasida ruxsat beriş tartib-taomillaridan ötiş tartibi töğrisidagi nizom;

Özbekiston fuqarolari, fuqaroligi bölmagan şaxslar va çet el fuqarolarining qurol va uning öq-dorilari muomalasi sohasida ruxsat beriş tartib-taomillaridan ötiş tartibi töğrisidagi nizom.
 
Qaror kuçga kirganidan keyin uç oy içida «Qurol töğrisida»gi qonunga muvofiq yuridik va jismoniy şaxslardagi mavjud pnevmatik qurollar içki işlar organlarida röyxatga qöyiladi.
 
Quyidagilar qurol muomalasi sohasida harakatlarni amalga oşiriş uçun ruxsat berişga doir asosiy talablar va şartlar hisoblanadi:

  • fuqarolarning hayoti va soğliğini himoya qiliş, jamoat tartibi va jamoat xavfsizligini ta'minlaş sohasidagi qonun va normativ hujjatlarga, yonğinga qarşi, ekologiya, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etilişini ta'minlaş;
  • qurol va uning öq-dorilarining but saqlanişini ta'minlaş;
  • «Qurol töğrisida»gi qonunning 7- va 9-moddalari buzilişiga yöl qöymaslik;
  • qurolning individual (turi, xili, modeli, zavod seriyasi va raqami, çiqarilgan yili), uning öq-dorilarining esa jamlanma (turi, kalibri, partiyasi va miqdori böyiça) hisobini yuritiş, ularning mavjudligini, kirim-çiqimi hamda foydalaniş uçun beriş-qabul qilib olişni nazorat qilib boriş, şuningdek buxgalteriya hujjatlarini 10 yil mobaynida saqlaş;
  • qurol va uning öq-dorilari sohasida harakatlarni bajariş va faoliyatni amalga oşirişga bevosita boğliq işlarga jalb etilayotgan xodimlar orasida 18 yoşga tölmagan, şuningdek doimiy yaşaş joyiga ega bölmagan şaxslar bölmasligini ta'minlaş va boşqalar.

Qurol va uning öq-dorilari muomalasi sohasida aniq harakatlarni bajariş va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oşirişda ruxsat berişga doir qöşimça talablar va şartlarga quyidagilar kiradi:

a) fuqaroviy, xizmat va kolleksiya quroli hamda uning öq-dorilarini oliş böyiça:

mamlakat hududida qurol va uning öq-dorilarini faqat ularni realizatsiya qiliş böyiça faoliyatni amalga oşiriş uçun litsenziyaga ega bölgan yuridik şaxslar orqali oliş;

qurol va uning öq-dorilari olingandan (yoki realizatsiya qilingandan) söng 10 kun muddatda ruxsatnomani rasmiylaştiriş uçun hujjatlarni taqdim etiş;

b) fuqaroviy, xizmat va kolleksiya quroli hamda uning öq-dorilarini saqlaş böyiça:

jamoat tartibi va xavfsizligini ta'minlaş uçun zarur moddiy-texnik bazaning va uskunalarning mavjudligi;

örnatilgan signalizatsiya vositalari Milliy gvardiyaning texnik qöriqlaş markaziga ulanişini ta'minlaş va boşqalar.
 
Şuningdek, nizomda ruxsatnomalarni rasmiylaştiriş sxemasi, ruxsatnomalar oliş uçun taqdim etiladigan hujjatlar röyxati keltirilgan, ularni berişni nazorat qiliş tartibi, ruxsatnomalar reyestrini yuritiş tartibi belgilangan.