Hujjatda qayd etilişiça, respublikada mavjud issiqxonalarda isitiş manbalari turlariga köra, 2 794 gektar (56 foiz) tabiiy gazdan, 929 gektar (19 foiz) kömirdan, 544 gektar (11 foiz) buğdan olinadigan issiqlik manbalardan foydalaniladi va 674 gektar (14 foiz) issiqlik tizimisiz işlatiladigan parniklardan iborat.
Qaror loyihasida:
- respublikada zamonaviy issiqxona xöjaligini rivojlantirişning asosiy yönalişlarini belgilaş;
- respublika hududlarida yangidan taşkil etiladigan issiqxonalarni hududlar kesimida joylaştirişni tabiiy gaz işlab çiqariş va yetkazib beriş balansini inobatga olgan holda rejalaştiriş;
- kuz-qiş mavsumida issiqxona xöjaliklarini uzluksiz tabiiy gaz, elektr energiyasi hamda issiqlik energiyasi işlab çiqariş korxonalari orqali issiqxonalarni muntazam ravişda buğ bilan ta'minlaşning kafolatli tizimini joriy etiş;
- respublika tabiiy-iqlim şaroitiga mos keluvçi zamonaviy issiqxona inşootlarining yangi quriliş me'yorlari va qoidalarini işlab çiqiş;
- hududlarda 2021 yilda 1100 gektar maydonda issiqxona komplekslarini taşkil etiş loyihalarining manzilli röyxatini tasdiqlaş;
- maxsus iqtisodiy va kiçik sanoat zonalarida issiqxonalar uçun zarur qurilmalar, materiallar, butlovçi qism va komponentlar işlab çiqariş loyihalarini joylaştiriş;
- Urganç şahridagi agrotexnologiyalar texnikumi qoşida öquv markazi taşkil etgan holda issiqxona xöjaliklari mutaxassislari va yoşlar uçun öquv, amaliy treninglar va malaka oşiriş kurslarini taşkil qiliş;
- mahsulotlar yetiştiriş va eksportni prognozlaş uçun tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan yetiştirilayotgan mahsulotlar böyiça har oylik elektron hisobot taqdim etiş axborot tizimi joriy etişni ta'minlaş nazarda tutilgan.
Qayd etilişiça, qaror loyihasining qabul qilinişi orqali:
- birinçidan – issiqxona xöjaliklarini kuz-qiş mavsumida uzluksiz tabiiy gaz, elektr energiyasi hamda issiqlik energiyasi işlab çiqariş korxonalari (IES) orqali muntazam buğ bilan ta'minlaşning kafolatli mexanizmlari joriy etiladi;
- ikkinçidan - respublika tabiiy-iqlim şaroitiga mos keluvçi zamonaviy issiqxona inşootlarining yangi quriliş me'yorlari va qoidalari işlab çiqiladi;
- uçinçidan – zamonaviy issiqxona komplekslarini amalga oşiriş, şuningdek sohada yoş mutaxassislarni ilğor tajribalar asosida tayyorlaş va qayta tayyorlaş tizimini joriy etiş orqali qöşimça iş örinlari yaratiladi va aholi bandligi ta'minlanadi;
- törtinçidan – issiqxonalarda yetiştirilgan va realizatsiya qilingan qişloq xöjaligi mahsulotlari hisobini yuritişning axborot tizimi yölga qöyiladi.











