13-oktabr kuni ötkazilgan taqdimotda avvalo, Toşkent şahri va unga tutaş hududlardagi issiqxonalar holati tahlil qilindi. Ötgan yili maxsus komissiya tomonidan issiqxonalar xatlovdan ötkazilib, muayyan qismiga ekologik toza energiya manbalariga ötişiga kömaklaşildi. Şu bilan birga, ayrim xöjaliklarda hali ham kömirdan foydalanilmoqda.
Kuz-qiş oylarida şamol sustlaşişi va harorat inversiyasi tufayli issiqxonalardan çiqadigan taşlamalar poytaxt va uning atrofida töplanişi mumkin.
Şu bois, Toşkent şahri va unga tutaş beşta tumanda issiqxonalar uçun «yaşil» texnologiyalarga asoslangan maxsus ekologik tartib joriy etiş taklif qilindi.
Isitişda tabiiy gaz, elektr, geotermal va quyoş energiyasi, şuningdek, issiqlik elektr stansiyalarining ikkilamçi issiqligidan foydalanişga ruxsat beriladi. Şina, plastmassa, bitum, mazut, işlatilgan moy va çiqindilarni yoqişga yöl qöyilmaydi.
Qattiq yoqilğida işlayotgan issiqxonalarga joriy yil 1-dekabrga qadar uşbu manbalarga ötiş taklif qilinadi. Yoqilğini yopiq joyda saqlaş, avtomatlaştirilgan qozonlar va samarali çang-gaz tozalaş uskunalari örnatilgan bölişi, kul va şlakni xavfsiz yiğiş uçun şaroit, zaxira generatori mavjudligi, tutun mörisi minimal balandlik meyoriga muvofiqligi kabi qatʼiy texnik talablarga mos bölgan issiqxonalargagina qattiq yoqilğidan foydalanişga ruxsat berilişi mumkin.
Joriy yil 15-oktabrdan kelgusi yil 15-martga qadar issiqxonalarda doimiy ekologik monitoring olib boriladi. Unda çang-gaz tozalaş uskunalarining işlaşi, havoga çiqarilayotgan taşlamalar miqdori va yoqilği turlariga qöyilgan talablarga rioya etilişi nazorat qilinadi. Ölçov uskunalari va videokuzatuv vositalaridan olinadigan maʼlumotlar Ekologiya qömitasining axborot tizimiga real vaqt rejimida uzatiladi. Monitoringda dronlardan foydalaniladi, jamoatçilik nazorati vakillari ham iştirok etadi.
Çang-gaz tozalaş uskunalari örnatilmagani, taşlamalar meyordan oşgani yoki taqiqlangan yoqilği işlatilgani aniqlansa, belgilangan tartibda taʼsir çoralari qöllaniladi. Zarur hollarda issiqxona faoliyati töxtatiladi.
Issiqxona xöjaliklarining yangi talablarga moslaşişi uçun moliyaviy kömak çoralari işlab çiqilgan. Ekologik va energiya tejamkor uskunalarni örnatişga har gektar uçun 50 million sömgaça subsidiya, yetti yil muddatga 3 milliard sömgaça imtiyozli kredit ajratiş taklif etildi.
Monitoring uskunalarini xarid qiliş va örnatiş xarajatlarini yengillaştiriş ham nazarda tutilgan.











