Kun.uz 2020 yil noyabr oyida Toşkentdagi eng serqatnov va markaziy köçalardan biri – Sebzor-Yunusobod yöli haqida reportaj e'lon qilgan edi. Ötgan davr mobaynida yöl ta'mirdan çiqarildi, ammo tumanda haydovçi va piyodalarni qiynayotgan qator muammolar hamon öz yeçimini kutib turibdi.

Kun.uz muxbiri Yunusobod yöllari haqida tayyorlagan navbatdagi reportajda tumandagi yöllarning ayrim qismlarida odatiy harakat yönalişi özgartirilgani, buning ortidan kelib çiqayotgan tuşunmovçiliklar haqida söz yuritadi.

Ahmad Doniş köçasining katta qismi ötgan yili ta'mirdan çiqarilib, avgustda foydalanişga topşirilgan vaqtdan boşlab, «Mega Planet» savdo majmuasi va katta aylanma çorraha («Yunusobod krugi») örtasidagi yölda bir tomonlama harakatlaniş taşkil etilgandi.

Ayni kunlarda bu yölda tez-tez YHX xodimlarini uçratiş mumkin. Bu yerda yangilikdan bexabar köplab haydovçilarni «sovğa» kutadi. Qonunga köra, qarama-qarşi yönalişda harakatlanişning jarimasi naq 2 223 000 sömni taşkil etadi. Boz ustiga, bu miqdor 1 fevraldan keyin 10 foizga oşadi.

Köçada yöl çiziqlari va belgilari yetişmaydi. Na piyodalar ötiş joyi, na avtobus bekati bor. Kun.uz muxbiri YHX xodimlaridan şu va boşqa holatlar yuzasidan izoh söradi.

Şu bilan birga, şahar hokimligining «Yagona buyurtmaçi xizmati» injiniring kompaniyasi loyiha-texnik bölimi yetakçi mutaxassisi Bahrom Yunusov Yunusobod transport tizimida kutilayotgan özgarişlar haqida ma'lumot berdi.

Reportajni yuqoridagi video orqali batafsil tomoşa qiling.