Qora quti Şimoliy Jakarta portiga yetkazilgan va jurnalistlarga namoyiş qilingan. Suratlarda içi yarmigaça suv bilan tölgan şaffof idiş va uning içida joylaşgan qora qutini köriş mumkin.

Quti aviahalokatning tergovini olib borayotgan Transportdagi xavfsizlik milliy qömitasiga topşiriladi. 

Avvalroq qidiruv guruhlari samolyot qulagan joyda bortyozgiçning radiomayoği signalini uşlaşga muvaffaq bölişgandi. Söngra dengiz tubida qutining özi topilgan. 

Indoneziya poytaxti Jakartadan Pontianakka reys bajargan samolyot havoga kötarilgandan köp ötmay radarlar ekranidan ğoyib bölgandi. Keyinroq samolyot Yava dengiziga qulagani ma'lum qilingan.

Samolyotda 62 kişi, jumladan ekipajning 10 a'zosi bölgan. Ularning barçasi halok bölgan. Qutqaruvçilar samolyot bölaklari, qurbonlarning jasadlari va şaxsiy buyumlarini aniqlaşgan.