13-sentabrga ötar keçasi Yava dengizida halokatga uçragan Indoneziya yölovçi paromidan bedarak yöqolganlar beş kundirki qidirilmoqda. Fojia Yava va Borneo orollarini boğlovçi, taxminan 20 soatlik dengiz qatnovida yuz bergandi.

Surabaya şahridan yölga çiqqan «Virgo Transport 8» paromining kapitani 3 metrgaça yetgan tölqinlar orasida kema oğayotgani haqida favqulodda signal yuborgan. Yakşanba kuni tungi soat ikkilar atrofida esa aloqa uzilgan. Ikki soatdan söng kema özi borayotgan manzil – Banjarmasindan qariyb 148 kilometr naridagi suvlarda ağdarilgani maʼlum bölgan.

2026-09-17 15.22.52

Associated Press'ning yozişiça, bortda 213 yölovçi, 30 ekipaj aʼzosi va 89 ta avtomobil bölgan. Şu bilan birga agentlik Indoneziyada yölovçilarning haqiqiy soni röyxatdagidan farq qilişi odatiy hol ekanini eslatadi.

Hodisa oqibatida olti kişi halok bölgan, 108 kişi omon qolgan, 129 kişi esa hamon bedarak. Reuters naşri bu raqamlar yakşanba kunidan beri özgarmagani yozmoqda.

2026-09-17 15.23.02
Foto: Reuters

119 metrli parom 1987-yilda Yaponiyada qurilgandi. U ötgan yilgaça kunçiqar yurtda xizmat qilib, söng Indoneziyadagi hozirgi operatori – PT Virgo C.SH. kompaniyasiga sotilgan.

Bir neça daqiqada yuz bergan fojia

Omon qolganlarning hikoyalari halokat naqadar tez yuz berganini körsatadi. Indoneziya davlat axborot agentligi bilan suhbatlaşgan ekipaj aʼzosi Akmal heç qanday ogohlantiruvçi belgini sezmaganini aytadi: «Kema juda tez, beş daqiqaga qolmay çökib ketdi». Uning aytişiça, u signalni kemadan xavfsiz masofaga yetgaçgina eşitgan.

2026-09-17 15.23.08
Foto: Reuters

Paromda ofitsiant bölib işlagan Rizki Aprianşahni döstlari tungi soat birlarda uyğotganida kema allaqaçon qariyb 30 gradusga oğib qolgan edi. Rizki ham ogohlantiruv signali çalinmaganini aytgan. U döstlari bilan suvda qalqib yurgan katta gaz balloniga yopişib, 10 soatça najot kutgan.