Yakşanbaga ötar keçasi Yava dengizida Virgo Transport 8 kompaniyasining bortida jami 243 kişi bölgan yölovçi paromi çökib ketdi. Hodisa oqibatida olti kişi halok bölgani tasdiqlangan, 107 kişi qutqarilgan. Yana 130 kişining taqdiri nomaʼlumligiça qolmoqda.

Uşbu kema şanba kuni Yava orolidagi Surabaya şahridan Kalimantan oroli (Borneo) janubidagi Banjarmasin şahri tomon yölga çiqqandi. Dengizdan ötiş çoğida ob-havo şaroiti yomonlaşgan. Kapitan kema bir tomonga qiyşayib qolgani haqida xabar bergan, kema bilan aloqa uzilib qolgaç, hukumat qidiruv amaliyotini boşlagan.

Banjarmasindagi qidiruv-qutqaruv agentligiga yakşanbaga ötar keçasi soat 2:00 atrofida, kema bilan aloqa yöqolganidan ikki soat ötganida

Keyinroq kema ağdarilgani va çökib ketgani maʼlum bölgan. Bortda 213 yölovçi hamda ekipajning 30 nafar aʼzosi bor edi.

Qutqaruvçilarga köra, kema oxirgi bor aloqada bölganida sohildan taxminan 148 kilometr masofada harakatlangan. Voqea joyiga 4 ta kemada qutqaruv guruhlari, şuningdek, vertolyotlar yuborilgan.

Qutqaruvçilar halokatdan omon qolgan 107 kişini, şuningdek, 6 kişining jasadini suvdan çiqarib olişgan, yana 130 kişini qidiriş işlari davom etmoqda.

Yakşanba kuni Banjarmasindagi Trisakti portidagi boşqaruv punktiga kemada bölganlarning yuzlab qarindoşlari töplandi va yaqinlari haqida xabar kuta boşladi.

«Men yölovçilar röyxatida amakimning ismini körib, karaxt holatga tuşdim. Ammo rasmiy şaxslar u qutqarilganini aytişganidan keyin özimni biroz yengil his qila boşladim», degan ulardan biri jurnalistlarga.

Indoneziya – 17 mingdan ortiq arxipelaglardan taşkil topgan bölib, bu yerda parom asosiy transport vositalaridan biri hisoblanadi. Mamlakatda yölovçi kemalar iştirokidagi hodisala tez-tez röy berib turadi va köp hollarda xavfsizlik çoralariga amal qilinmagani sabab sifatida keltiriladi.

Ötgan oyda Indoneziyaning Bali oroli yaqinida paromda yonğin çiqişi oqibatida bir kişi halok bölib, 4 kişi bedarak yöqolgan, 211 kişi qutqarilgandi. Undan ikki hafta oldin esa «Mutira Sentos 2» nomli yana bir parom Yava oroli yaqinida yonib ketişi oqibatida beş kişi halok bölgandi.