Ispaniya Superkubogining birinçi yarimfinalida ötgan mavsumda La Ligada 2-örinni qölga kiritgan «Barselona» va Ispaniya Kubogi finalçisi «Real Sosedad» töqnaş kelişdi. Öyinning asosiy va qöşimça bölimlarida kuçlar teng keldi. Penaltilar seriyasida esa ter Stegenning qahramonligi kataloniyaliklarni finalga olib çiqdi. E'tiborlisi, «Barselona» safida Lionel Messi jarohati tufayli uşbu öyinni ötkazib yubordi.

Ikkinçi finalçi 14 yanvar kuni «Real» va «Atletik» B örtasidagi bahsda aniqlanadi. Qaysi jamoa ğalaba qozonişidan qat'i nazar finalda «El Klasiko» böladi. Çunki La Ligani heç qaçon tark etmagan Bilbao jamoasining «Real» yoki «Barsa» bilan qarşiligiga ham şunday maqom berilgan.

Ispaniya Superkubogi,  1/2 final

Real Sosedad — Barselona 1:1
13 yanvar, «Nuevo El Arkanxel»
Gollar: Oyarsabal (51, penalti) — de Yong (39).
Penaltilar seriyasi — 2:3
Real Sosedad – Remiro, Monreal, Le Norman, Gorosabel (Saldua, 91; Bautista, 120), Subeldiya, Merino, Guridi (Barreneçea, 81), Portu (Yanuzay, 103), Gevara (Subimendi, 105), Oyarsabal, Isak (Villian Joze, 91). 
Barselona – ter Stegen, Langle, Alba, Arauxo, Mingesa (Firpo, 114), de Yong, Buskets (Puç, 91), Pedri (Pyaniç, 91), Dembele, Grizmann, Breytueyt (Trinkau, 78).