Şavkat Mirziyoyev Özbekiston Qurolli Kuçlari taşkil etilganining 27 yilligi va Vatan himoyaçilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi yölladi. Tabrik matni ÖzAda keltirildi.
Hurmatli askar va serjantlar, ofitser va generallar, Qurolli Kuçlarimizning muhtaram faxriylari!
Qadrli yurtdoşlar!
Sizlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari taşkil etilganining 27 yilligi va Vatan himoyaçilari kuni bilan çin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Uşbu qutluğ ayyomda öz hayotini Vatan himoyasidek uluğ işga bağişlagan siz, azmu şijoatli harbiylarimizni şaraflab, xalqimiz, mamlakatimiz tinçligi va xavfsizligi yölidagi xizmatlaringiz uçun barçangizga çuqur minnatdorlik bildiraman.
Mutafakkir şoir Alişer Navoiy bobomiz aytganlaridek, bu dunyoda er yigitning eng buyuk, ezgu va muqaddas vazifasi, avvalo, öz oilasi, Vatani va xalqini munosib himoya qilişdan iboratdir.
Biz sizlar bilan — ana şunday ğoyat mas'uliyatli va olijanob vazifani şaraf bilan ado etib kelayotgan mard va jasur, el-yurtga sadoqatli öğlonlarimiz bilan haqli ravişda faxrlanamiz.
Aynan sizlarning yerda va kökda, suvda va quruqlikda olib borayotgan mardona xizmatlaringiz tufayli osmonimiz musaffo, bolalarimiz, mötabar onalarimiz, keksalarimiz xotirjam yaşamoqda, yurtimiz obod, xalqimiz hayoti farovon bölmoqda.
Fursatdan foydalanib, öz farzandlarini — Qurolli Kuçlarimizning askar va ofitserlarini Alpomişdek botir, çinakam vatanparvar insonlar etib tarbiyalagan barça ota-onalarga, harbiylarimiz bilan hayot quvonçi va taşvişlarini doimo baham körib kelayotgan ularning rafiqalari va oila a'zolariga katta rahmat aytişni özimning burçim, deb bilaman.
Muhtaram vatandoşlar!
Mana şu bayram kunlarida barçamiz Vatan, xalq va armiya biri-biriga naqadar yaqin va muştarak ekanini har qaçongidan ham teran his etmoqdamiz.
Bu borada armiya va xalq birligini ta'minlaşga qaratilgan mutlaqo yangi tuzilma — harbiy-ma'muriy sektorlar barça hududlarda samarali faoliyat yuritayotgani ğoyat muhim ahamiyatga ega bölmoqda.
Ana şunday islohotlar tufayli «Armiya va xalq — bir tanu bir jon!» degan olijanob ğoya va amaliy harakat barça böğindagi hokimiyat va boşqaruv idoralari, mahalla, yoşlar, xotin-qizlar, nuroniylar taşkilotlari, ta'lim-tarbiya muassasalari faoliyatini, keng jamoatçilik hayotini qamrab olmoqda. Bu esa Vatan himoyasi çindan ham barçamizning nafaqat vazifamiz, balki şarafli burçimizga aylanib borayotganidan yaqqol dalolat beradi.
Qadrli döstlar!
Dunyo miqyosida xalqaro terrorizm, ekstremizm kabi xavf-xatarlar, milliy va global xavfsizlikka qarşi tahdidlar tobora ortib borayotgan hozirgi murakkab davrda Qurolli Kuçlarimizning jangovar salohiyatini yuksaltiriş, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş, zamonaviy qurol-yaroğ va aslahalar bilan ta'minlaş, harbiy xizmatçilarning jismoniy, ma'naviy-intellektual tayyorgarligini oşiriş, ijtimoiy himoyasini kuçaytiriş eng ustuvor vazifamiz bölib qolmoqda.
Davlatimizning harbiy-siyosiy masalalar böyiça qat'iy pozitsiyasini ifoda etadigan yangi Mudofaa doktrinasi işlab çiqildi. Amalga oşirilayotgan tub islohotlar natijasida milliy armiyamiz tezkor va ixçam, har qanday tahdidlarga munosib zarba berişga qodir bölgan jangovar kuçga aylanib bormoqda.
Barçamiz yaxşi anglaymiz: bu borada har bir harbiy xizmatçining professional bilim va malakasi, aqliy salohiyati, ruhiy tayyorgarligini oşiriş, ularda vatanparvarlik fazilatlarini kamol toptiriş öta muhim ahamiyatga egadir.
Biz davlatimiz mudofaa qudratini har tomonlama oşiriş, yetuk va malakali harbiy kadrlarni tayyorlaşga, Vatan himoyaçilari, ularning oilalari uçun munosib hayot şaroitlarini yaratişga bundan keyin ham alohida e'tibor qaratamiz. Masalan, 2019 yilning özida harbiy xizmatçilar uçun imtiyozli kreditlar asosida 116 ta köp qavatli uy foydalanişga topşiriladi. Harbiy xizmatçilarning 700 dan ziyod farzandlari oliy ta'lim muassasalariga davlat granti asosida öqişga qabul qilinadi. Şuningdek, harbiy şaharçalarni obod qiliş, ularning hududida zamonaviy infratuzilmalar barpo etiş böyiça olib borilayotgan keng kölamli işlar izçil davom ettiriladi.
Xalqimizning «Bilagi zör birni yengadi, bilimi zör — mingni» degan maqolida çuqur ma'no bor. Şu nuqtai nazardan, Qurolli Kuçlarimizni modernizatsiya qiliş, xususan, harbiy ta'lim sohasiga zamonaviy bilim, ilğor xorijiy tajribalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etiş böyiça boşlagan işlarimizni yangi bosqiçga kötarişimiz zarur.
Ayni vaqtda şaxsiy tarkib örtasida milliy özlikni anglaş va jangovar ruhni, vatanparvarlik tarbiyasini kuçaytiriş, harbiy xizmatçilarning intellektual salohiyatini yuksaltiriş ham doimo e'tiborimiz markazida bölişi lozim. Şu maqsadda yoş askar va kursantlar uçun harbiy qasamyod qabul qilişdan avval «Özbekiston tarixi» fani va «Temur tuzuklari» kitobi böyiça sinov ötkaziş tartibini yölga qöyiş maqsadga muvofiqdir.
Xalqimiz, ayniqsa, yoşlar örtasida harbiy-vatanparvarlik tarbiyasini kuçaytiriş, uşbu sohadagi qadriyat va an'analarimizni tarğib etiş, askar va ofitserlarimizning zamon qahramonlari sifatidagi qiyofasini badiiy asarlar, spektakl va filmlar orqali keng yoritib beriş alohida ahamiyatga ega. Bu borada taniqli olimlar, adib va şoirlarimiz, ijodkor ziyolilar, madaniyat namoyandalari yanada samarali faoliyat olib boradilar, deb işonç bildiraman.
Qadrli yurtdoşlar!
Mard va jasur Vatan himoyaçilari!
Sizlarni ota-onalaringiz, oilalaringiz, butun xalqimiz bilan birgalikda keng nişonlayotgan bugungi şonu şaraf ayyomi — Vatan himoyaçilari kuni bilan yana bir bor tabriklar ekanman, sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, olijanob va mas'uliyatli faoliyatingizda ulkan yutuqlar tilayman.
Barçangizga el-yurtimizning yuksak mehri va işonçi doimo yor bölsin!












