Konsert va körgazmali çiqişlar bilan ötgan tadbirda Oliy Majlis palatalari va hukumat a’zolari, harbiy xizmatçilar va ularning oila a’zolari, Qurolli Kuçlar faxriylari, Özbekistonda akkreditatsiyadan ötgan diplomatik vakolatxonalarning harbiy attaşelari va jamoatçilik vakillari iştirok etdi.

Tadbirga taşrif buyurgan yuqori martabali amaldorlar, çapdan: Oliy sud raisi Baxtiyor Islomov, boş prokuror Niğmatilla Yöldaşev, Qonunçilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov, Senat raisi Tanzila Norboyeva, boş vazir Abdulla Aripov, Xavfsizlik kengaşi kotibi Viktor Mahmudov, DXX raisi Bahodir Qurbonov va uning örinbosari Botir Tursunov, içki işlar vaziri Pölat Bobojonov, PDXX sobiq raisi Bahodir Toşmatov.

Tadbir avvalida Özbekiston mudofaa vaziri general-mayor Şuhrat Xolmuhamedov prezident Şavkat Mirziyoyevning bayram tabrigini öqib eşittirdi.

Şundan söng “Amir Temur jangovar bayroği” mukofoti Janubi-ğarbiy maxsus harbiy okrugiga tantanali ravişda topşirildi.

Tadbirda “Amir Temur marşi” sahna çiqişi namoyiş etildi.

Xizmat davomida halok harbiy xizmatçilar xotirlandi. Faxriylarga gullar berildi.