Tegişli fayl AQŞning yetakçi tadqiqot kompaniyalari tomonidan qölga kiritilgan va BBC News’ga taqdim qilingan. Ilgariroq Huawei uning texnologiyalaridan heç biri etnik guruhlarni aniqlaş uçun möljallanmaganini aytgan edi. Endi esa, patentni röyxatdan ötkazyapti.

Majburiy mehnat lagerlari

Kompaniyaga bu hujjat Xitoy milliy intellektual mulk ma'muriyatidan (CNIPA) xitoy tilidagi hujjatdagi uyğurlarga berilgan havolani öçirib taşlaşni söraşi uçun kerak.

Uyğurlar – Xitoyning şimoli-şarqidagi Şinjon provinsiyasida istiqomat qiluvçi, asosan musulmonlardan iborat bölgan millat hisoblanadi.

Xitoy hukumati uyğurlarga qarşi yuqori texnologik kuzatuvlar olib boriş va ularni farzandlar ota-onalaridan ajratiladigan majburiy mehnat lagerlariga jönatişda ayblab kelinmoqda. Rasmiy Pekin esa lagerlar köngilli ta'lim va malaka oşiriş uçun taşkil qilinganini aytib keladi.

«Xitoy jamoat xavfsizligi vazirligining videokuzatuv tarmoqlariga qöygan texnik talablaridan biri – millatni, xususan, uyğurlarni aniqlaş hisoblanadi. Dunyoda odamlar millatiga qarab kuzatilişi va ta'qib qilinişi mutlaqo qabul qilib bölmas holat, Xitoyda esa uyğurlarning dastagi yöqligi uçun ular köp jabhalarda qattiq diskriminatsiyaga uçrayotgani javobsiz qolib ketyapti», deydi Human Righs Watch vakili Maya Vang.

Tana harakatlari

Huawei patentni aslida 2018 yilning iyulida Xitoy Fanlar akademiyasi bilan birgalikda qölga kiritgandi. Unda köçada rasmi yo videosi olingan piyodalarning turli jihatlarini örganuvçi sun'iy intellektdan foydalaniş yöllari körsatilgandi. Unda diqqat tananing turli holatlarini aniqlaşga beriladi. Masalan, kimdir ötiribdimi yoki turibdimi – aniqlikda aytib bera oladi. Ammo hujjatda şaxslarga e'tibor qaratilişi mumkin bölgan atiributlar qatoriga «irq» degan kategoriya ham qöşilgan.

Kompaniya matbuot kotibi esa bu hisobga olinmasligi kerakligini aytgan.

«Huawei diskriminatsiyaning har qanday turiga qarşi, şu jumladan, etnik diskriminatsiya xarakteridagi texnologiyaga ham. Şaxslarning irqini aniqlaş heç qaçon izlaniş va taraqqiyot loyihasining bir qismi bölmagan.

Bu heç qaçon amalda qöllanmasligi kerak va biz buni bartaraf etiş yölida faol iştirok etamiz. Biz mehr va birdamlik bilan işlab çiqiladigan va tatbiq qilinadigan yangi va rivojlanişdan töxtamaydigan texnologiya ustida işlaşni davom ettiramiz», degan u.

Maxfiy hujjat

Patent IPVM videokuzatuv tadqiqot guruhi tomonidan oşkor etildi. U avvalroq Huawei veb-saytida «maxfiy» hujjat deb belgilanib, «Uyğurni aniqlaş» tizimi ustida işlanayotganiga işora qilingandi. Öşada Huawei sahifa haqiqiy emasligi, sinov rejimida ekanini aytib, odamlarni millatiga qarab ajratib beradigan tizimlarni sotişdan boş tortgandi.

Çorşanba kuni Britaniya parlamentining Taşqi işlar qömitasi rahbari va Konservativ partiyaning Xitoyni tadqiqot qiliş guruhi boşliği Tom Tyugendat BBC News’ga quyidagilarni sözlab berdi.

«Uyğur millatiga qarşi şafqatsiz tazyiqni qöllab-quvvatlayotgan texnologik gigant bizga oddiy iste'molçi sifatida ham, jamiyat sifatida ham ularning mahsulotini sotib olayotganda va ular bilan iş qilayotganda ehtiyot bölişimiz kerakligini körsatmoqda.

Qatağon qiluvçi hukumat uçun millat aniqlovçi texnologiya yaratiş bizning standartlarimizga töğri kelmaydigan xatti-harakatdir», degan u.

Yuzdan taniş dasturi

IPVM, şuningdek, Xitoyning sun'iy intellektni dasturlovçi kompaniyasi Sensetime va suratdan taniş böyiça mutaxassis Megvii tomonidan uyğur millatiga mansublarni aniqlaş böyiça patentlarni ham oşkor qilgan. Sensetime’ning 2019 yildagi fayllariga köra, yuzdan tanib oliş dasturidan xavfsizlik uçun «örta yoşdagi közoynak taqqan yoki soqol qöygan uyğur»ni yoxud niqob taqqan uyğurni qidirişda samarali foydalaniş mumkinligi aytilgan.

Sensetime matbuot kotibi bu juda afsuslanarli ekanini aytgan.

«Biz javobgarligimizning ahamiyatini tuşunamiz. Şuning uçun ham 2019 yilning örtalarida sun'iy intellektni işlab çiqişdagi öz axloq qoidalarimizni işlab çiqişni boşladik. Patent esa, kodeks işlab çiqişdan avvalroq olingan», deydi u.

Millatni tanib oluvçi dasturlar

Megvii’ning 2019 yil iyunda qölga kiritgan patentida ma'lumotlar bazasida yuzlarni tanişda yöl qöyilgan xatolarni qayta işlaş yöllari körsatilgan.

Unda millatga köra tasniflaş mumkinligi aytilgan. Masalan, xan (xitoy millatiga mansublar), uyğur, xan emas, uyğur emas va noma'lum.

Kompaniya BBC News’ga bergan axborotida «Megvii 2019 yil olgan patentdagi sözlar tuşunmovçilikka sabab bölgan. Megvii irqiy yoki etnik kelib çiqiş böyiça aniqlovçi dasturlar yaratmagan va yaratmaydi ham yoki sotmaydi. Megvii ötmişda tijoriy rivojlanişni maqsad qilganini hamda marketing, savdo va operatsion materiallarni nazorat qilişda sustkaşlikka yöl qöyganini tan oladi. Biz vaziyatni töğrilaş ustida işlayapmiz», dedi u.

Qiyofadan tanib oliş modeli

IPVM, şuningdek, Xitoyning ikki texnologik konglomertlaridan bölgan Alibaba va Baidu kompaniyalarining ham rasmdan tanib oliş böyiça patentlarini oşkor qildi. Faqat unda uyğur degan nom emas, odamlarni etnik kelib çiqişidan ajratib oliş zikr qilingan.

Alibaba’ning bunga javobi quyidagiça bölgan: «Irqiy yoki etnik diskriminatsiya yoki tasniflaş bizning siyosatimiz va qadriyatlarimizga ziddir. Biz heç qaçon bizning texnologiya alohida etnik guruhlarga qarşi qaratilişini maqsad qilmaganmiz».

Baidu’ning reaksiyasi esa quyidagiça: «Patentga hujjat topşirilayotganda undagi sözlar texnik tuşuntiriş böladi. Binobarin, bu vaziyatda qiyofadan tanib oliş modelini tavsiflaşdan köra köproq ixtironing qanday amalga oşirilişini taqdim etadi. Texnologiyalarimizdan alohida etnik guruhlarni ta'qib qiliş yölida foydalanişlariga hozir ham, kelajakda ham yöl qöymaymiz».

Human Righs Watch hamon xavotirda.

«Xitoy politsiyasiga videokuzatuv dasturlari va tizimlarini sotuvçi har qanday kompaniya, hukumatning talablariga javob berişi şart. Talablar orasida esa millat böyiça tanib oliş şarti ham bor. Bu kompaniyalar hukumatga kuzatuv moslamalari, dasturlari va tizimlarini sotiş hamda ularga xizmat körsatişni zudlik bilan töxtatişlari töğri iş bölardi», dedi Maya Vang.