Kun.uz’ga navbatdagi murojaat Nurobod tumani Örtaböz qişloği aholisidan yöllandi. Unda yozilişiça, mazkur qişloqni tuman markazi bilan boğlaydigan mahalliy ahamiyatga ega 4N639 Nurobod – Örtaböz – Mehr – Olğa avtomobil yöli SSSR davrida qurilgan va asfalt qilingan. Yillar öz sözini aytib, bu yölning ta'mirtalab bölib qolganiga ham ança yillar bölgan.

Mazkur yölning sönggi marta qaçon ta'mirlanganini hatto qişloq oqsoqollari ham eslay olmaydi. Biri sovet davrida asfalt qilinganidan söng şu holida qolib ketdi, desa, yana biri SSSR tarqaş arafasida yamab çiqişgandi, şekilli, deydi.

Murojaatda ma'lum qilinişiça, ötgan 30 yil mobaynida bu yöl biron marta ham ta'mirlanmagan. Yöq, «ta'mirlangan» – 1-2 marta tuman yöllardan foydalaniş korxonasi tomonidan loy aralaş qum bilan yamab çiqilgan, ba'zi joylariga şağal tökib berilgan. Unda ham hammasi emas, ma'lum bir qismi.

Ta'kidlanişiça, mazkur yöldan tumanning törtta qişloği – Örtaböz, Mehr, Olğa va Hazarmatli aholisi foydalanadi. Yölning umumiy uzunligi 29 kilometr. Tuman markazidan Örtabözgaça bölgan qismi 18 kilometr.

Inson sabrining çegarasi bor deyilganday, örtabözliklarning sabri şu kunlargaça yetdi. Tuman hokimligiga, tuman yöllardan foydalaniş korxonasiga va yana boşqa bir qator mutasaddi taşkilotlarga murojaat qilaverib çarçagan qişloq ahli oxiri şu kunlarda haşarga çiqdi hamda yölni qölbola usulda ta'mirlaşga kirişdi. Xuddi yölsozlarday avval çuqurlardagi loy tozalanib, söng unga beton qorişmasi quyilyapti. Asfalti batamom yöq bölib ketgan joylarga şağal töktirişyapti. Ammo bu oson bölmayapti.

«Biz foydalanayotgan mazkur yöl qurilganidan söng biron marta ta'mirlanmagan. Esimizni taniganimizdan buyon şu nosoz yöldan tuman markaziga borib kelamiz. Bunday ta'mirtalab yöllarda yurgan har qanday maşina bir yilga bormay «tökilib» ketadi. Qolaversa, elçilik, kasal bor, bemor bor, ularni bu yöldan olib yuriş juda xavfli. Tuman markazidagi şifoxonaga olib borgunça har qanday bemorning ahvoli battar böladi. Tuman yöllardan foydalaniş korxonasiga murojaat qilsak, har doim mablağ yöqligini aytadi. Hozir haşarda har kuni 50-60 nafar odam işlayapti. Ularning tuşligiga, şuningdek, sement va şağalga ança mablağ ketib qolyapti. Qolaversa, yuk maşinada olib kelinayotgan şağalni 1,2 million sömdan sotib olyapmiz. Kuçimiz yetgan joygaça ta'mirlab boramiz. Qolgani şu holiça qoladi», deydi murojaatçilardan biri Bobur Elomonov.

Şundan söng, murojaat yuzasidan Samarqand viloyati yöllardan foydalaniş boşqarmasi boşliq örinbosari Akbar Mirzayevdan izoh oldik. U haqiqatan ham 4N639 Nurobod – Örtaböz – Mehr – Olğa avtomobil yöli ança yillardan beri jiddiy ta'mirlanmaganini tasdiqladi. Uning aytişiça, Nurobod tumani juda katta hududda joylaşgan. 2018-2020 yillarda mazkur tumanda jami 50 kilometrdan oşiq içki yöllar asfalt qilib berilgan. Tumandagi barça yöllarni birdaniga asfalt qilişning iloji yöq. Şu sababli yöllar navbati bilan ta'mirlab berilyapti.

Akbar Mirzayev, Nurobod – Örtaböz – Mehr – Olğa avtomobil yölidagi çuqurlar, nosoz joylar 2017-2019 yillarda şağal tökilib ta'mirlangani 2020 yilda yölning 0 kilometridan boşlab 800 metr (!) asfalt qilinganini bildirdi. Qişloq ahli esa Olğa qişloğidan boşlangan joyida 800 metr asfalt qilinganini tasdiqlaşdi, ammo yölning sönggi 4 yilda şağal tökilib, ta'mirlanganini inkor qilişdi. Ularning aytişiça, tuman yöl bölimi yölning biroz qismini bundan 4-5 yil avval qum tökib ta'mirlagan. Şunda ham yonilği va işçilarning tuşligi uçun qişloq ahlidan pul yiğilgan.

Eng qiziği, Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yöllari qömitasining saytida Samarqand viloyatidagi avtomobil yöllari va ularning texnik holatini körsatuvçi oçiq elektron ma'lumotda jami uzunligi 29 kilometr bölgan 4N639 Nurobod – Örtaböz – Mehr – Olğa avtomobil yölining texnik holatini «23 kilometri qoniqarli, 6 kilometri qoniqarsiz» deb berilgan. Ana şu yerda savol tuğiladi. Nega Samarqand viloyat yöllardan foydalaniş boşqarmasi boşliği örinbosari Kun.uz’ga bergan izohida 4N639 Nurobod – Örtaböz – Mehr – Olğa avtomobil yöli uzoq yillardan beri jiddiy ta'mirlanmaganini, faqat 2020 yilda bor-yöği 800 metr (!) joyi asfalt qilinganini va 2017-2019 yillarda qum tökib berilganini aytyapti-yu, Avtomobil yöllari qömitasining saytida mazkur yölning 23 kilometri qoniqarli ahvolda ekanligi, bor-yöği 6 kilometri qoniqarsiz ahvolda ekanligi keltirilyapti? Avtomobil yöllari qömitasiga Samarqand viloyatidagi barça yöllarning texnik holati haqida viloyat avtomobil yöllardan foydalaniş boşqarmasi ma'lumot berişini inobatga olsak, unda nega boşqarma mutasaddisi bizga boşqa ma'lumot beryapti-yu, qömitaga boşqaça ma'lumot taqdim etilyapti? Bu savolimizni Akbar Mirzayev oçiq qoldirdi.

Balki, Avtomobil yöllari qömitasining yöllar «qoniqarli» yoki «qoniqarsiz» ekani haqida öz ölçovlari bordir?! Şu savolga javob oliş uçun qömita saytida «matbuot kotibi» deb yozilgan yozuv ostidagi telefon raqamiga qönğiroq qilganimizda, negadir operator kötardi va u matbuot kotibi bilan ulab bera olmadi. Ana şu örinda «balki joylarda yöllarning qoniqarsiz holati Toşkentga «qoniqarli» tarzda taqdim etilayotganmikin, degan gumon ham xayolimizga kelgani bor gap. Bugun holati qoniqarsiz va ta'mirtalab bölib turgan 4N639 Nurobod – Örtaböz – Mehr – Olğa avtomobil yöli Avtomobil yöllari qömitasining saytida berilgan röyxatda «qoniqarli» deb berilayotgani şunga işora qilyapti, harqalay.

Yuqoridagi gaplarni öqib, «Qişloq ahli özi yuradigan yölni haşar bilan ta'mirlasa nima bölibdi?!» deyişingiz ham mumkin. Haşar xalqimizning ajoyib qadriyatlaridan biri ekanligini biz ham bilamiz. Ammo qandaydir işga odamlar öz ixtiyori bilan çiqsa haşar hisoblanadi, majburlikdan, ilojsizlikdan çiqqani va işlagani, şuningdek, bu tarzda taşkillaştirilgan işlar haşar hisoblanmaydi. Şunday ekan, Örtaböz qişloği ahli ham Nurobod – Örtaböz – Mehr – Olğa avtomobil yölini majburlikdan, çorasizlikdan, turli mutasaddi idoralarga qatnayverib natija çiqara olmaganidan söng ilojsiz qolib özi haşar yöli bilan ta'mirlayapti. Oilasi uçun, bola-çaqasi uçun sarflaşi lozim bölgan puldan yöl ta'miri uçun ajratyapti. Ammo bu holat qaçongaça davom etadi? Qaçongaça turli davlat taşkilotlari bajarişi kerak bölgan işlarni xalq haşar yöli bilan bajaradi?

P.S. Agar işlar töğri taşkil etilsa va avtomobil yöllarni ta'mirlaş va ekspluatatsiya qilişda jahon tajribalaridan foydalanilsa, aholi tezroq sifatli yöllardan foydalana boşlarmidi?! Aks holda nafaqat Örtaböz, Mehr, Olğa va Hazarmatli qişloqlari ahli, balki mamlakatimizdagi yana köplab aholi punktlari yaqin kelajakda sifatli yöllarni körmaydi-yov!

Ğayrat Yöldoş, Kun.uz muxbiri.