Xabar qilinişiça, Saudiya Arabistonining Acwa kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oşirilayotgan yirik energetika loyihasining muhim qismi Nurobod tumanidan Toşkent viloyatidagi «Halqa» podstansiyasigaça bölgan 350 km uzunlikdagi ikki zanjirli 500 kVli elektr uzatiş tarmoği bölib, u Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Toşkent viloyatlari hududidan ötadi.

Nurobod - Toşkent «Halqa» elektr uzatiş tarmoği qurilişini 2028-yilning birinçi çoragida yakunlaş rejalaştirilgan.

Şuningdek, loyiha doirasida yana 150 km uzunlikdagi 220 kVli elektr uzatiş tarmoği barpo etilmoqda. Hozirda uşbu tarmoq qurilişining 50 foizi yakunlangan bölib, uni 2027-yil may oyida töliq bitkaziş rejalaştirilgan. Natijada loyiha doirasida jami 500 km elektr uzatiş tarmoği barpo etiladi.