AQŞ soğliqni saqlaş va ijtimoiy xizmatlar vaziri Aleks Azar iste'foga çiqiş töğrisida ariza berdi. U bu haqda Twitter sahifasida ma'lum qildi.
“Uşbu haftada boşqa siyosatçilar kabi men ham arizamni berdim, u 20 yanvar kuni kuçga kiradi”, - deb yozdi u.
Azarning qöşimça qilişiça, u hokimiyatning Jozef Bayden jamoasiga tinç yöl bilan ötişini ta'minlaşni öz burçi deb biladi, şu bois inauguratsiyaga qadar lavozimida qoladi.
Soğliqni saqlaş vaziri Donald Tramp hukumatining alohida yutuqlarini qayd etiş bilan birga, prezident tarafdorlarining kongress binosiga hujum qilganligini keskin qoralagan.
"Kapitoliyga hujum demokratiyamiz va hokimiyatning tinç yöl bilan topşirilişi an'anasiga qarşi hujum böldi", - deb yozdi Aleks Azar.
6 yanvar kungi Vaşingtondagi tartibsizliklardan söng Donald Tramp jamoasi bilan boğliq bir neça nafar rasmiy şaxslar iste'fo berdi. AQŞ prezidentining Şimoliy Irlandiya böyiça maxsus vakili Mik Malveni uşbu voqealarga norozilik sifatida lavozimini tark etişini ma'lum qildi. Oq uy milliy xavfsizlik kengaşining Rossiya va Yevropa böyiça katta direktori Rayan Talli ham lavozimini tark etdi. Bundan taşqari, transport vaziri Eleyn Çao va ta'lim vaziri Betsi Devos ham iste'foga çiqdi.












