15 yanvar kuni AOKAda bölib ötgan matbuot anjumanida Biznes-ombudsman vakillari Tadbirkorlik kodeksini işlab çiqiş va uni amaliyotga tatbiq qiliş haqida ma'lumot berdi, deya xabar qildi Kun.uz muxbiri.
Matbuot anjumanida ta'kidlanişiça, tadbirkorlik faoliyatiga oid 5 mingga yaqin normativ-huquqiy hujjatlar 2021 yilning oxirigaça yagona Tadbirkorlik kodeksiga birlaştiriladi.
Kodeksda mavjud huquqiy hujjatlar sohaviy örganib çiqilib, tadbirkorlarni çalğitmaslik böyiça sohama-soha beriladi.
«Tadbirkorlik kodeksida tadbirkorlikni qanday boşlaş, röyxatdan ötkaziş, raqobat muhitida qanday faoliyat yuritiş, öz huquqlarini qanday himoya qiliş masalalari aks ettiriladi. Umuman olganda, kodeksni işlab çiqişdan asosiy maqsad tadbirkorlik sub'yekti boşlangandan to uning tugagungaça bölgan jarayonlarini kodeksda töliq aks ettiriş», – dedi Biznes-ombudsman devoni boş inspektori Mirşod Nasrullayev.
Yagona normativ-huquqiy hujjatning yaratilişi xorijdan investorlarni jalb qilişda ham muhim örin tutişi aytib ötildi. Yagona kodifikatsiyalangan normativ-huquqiy hujjat orqali investor davlatdagi qonunçilik, raqobat muhiti, tadbirkorlarga yaratib berilgan imkoniyatlarni soddalaştirilgan va tuşunarli holatda taniş imkoniyatiga ega bölişi rejalaştirilgan.
Biznes-ombudsman vakillarining ma'lum qilişiça, Tadbirkorlik kodeksining işlab çiqilişida Germaniyadagi Tijorat kodeksi va 2016 yilda işlab çiqilgan qöşni Qozoğistondagi Tadbirkorlik kodeksi örganilib, Özbekistondagi tadbirkorlik muhitiga töğri keladigan qismlari inobatga olinadi.
Ma'lumot uçun, prezident murojaatnomasida tadbirkorlik faoliyati bilan boğliq normativ-huquqiy hujjatlar qayta körilişi, ularning soni qisqartirilişi hamda Tadbirkorlik kodeksi işlab çiqilişi ma'lum qilingandi.











