Xitoyning Kasalliklarni nazorat qiliş va ularning oldini oliş markazi, Xalq-ozodlik armiyasi va boşqa bir qator ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari guruhi mart oyi boşiga kelib dunyoda 5 mlndan köproq kişi koronavirus qurboniga aylanişi mumkinligidan ogohlantirmoqda.
Şuningdek, olimlarning hisob-kitoblariga köra, vaziyat yomon tus olgudek bölsa, koronavirusga çalinganlar soni 2 oy içida hozirgi 94 mlndan 170 mlngaça köpayişi mumkin. Bunda kasallaniş holatlarining asosiy qismi AQŞga töğri kelişi va ular soni 32 mlnga yetişi prognoz qilinmoqda.
Olimlar optimistik ssenariy amalga oşişi uçun tibbiy niqob taqiş va ijtimoiy masofalaşuv kabi xavfsizlik çoralariga amal qilinişi va ommaviy emlaş bir joyda töxtab qolmay, olğa surilişi kerakligini aytişmoqda. Biroq bunda ham mart boşiga koronavirusning qurbonlari soni 300 mingga oşişi mumkin.
Tadqiqotçilarning ta'kidlaşiça, asosiy muammo koronavirus ham gripp kabi rivojlanib borişidadir. Bu esa virusning inson organizmiga moslaşuvi kasallikning mavsumiy körinişga olib kelişini anglatadi va unga qarşi kuraşni ança qiyinlaştiradi.
Avvalroq JSSTda pandemiyaning ikkinçi yili insoniyat uçun birinçisiga qaraganda oğirroq keçişi mumkinligi aytilgandi.
Ayni vaqtda dunyoda koronavirusga çalinganlar soni 94 mlndan, qurbonlar soni 2 mlndan oşib ketdi.












