AQŞning «Xavfsiz internet koalitsiyasi» (Coalition for a Safer Web) notijorat taşkiloti sudga murojaat qilib, Apple kompaniyasiga Telegram messenjerini App Store'dan öçirib taşlaş majburiyatini yuklaşni söradi.

The Washington Post xabariga köra, da'vogarlar Telegram'da millatçilik, neonatsizm va antisemitizm (yahudiylarga adovat) ruhidagi kontent tarqalayotganini, bu esa App Store qoidalariga zid ekanini aytmoqda.

Şu oy boşida Kapitoliyda tartibsizlar kelib çiqqaç, Apple va Google kontent moderatsiyasi talabga javob bermagani uçun Parler ijtimoiy tarmoğini App Store va Play Market'dan olib taşlagan edi. «Coalition for a Safer Web» uşbu ikki kompaniyadan Telegram'ga nisbatan ham şunday çora körişni talab qilmoqda.

Özbekiston Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi raisi Komil Allamjonov AQŞdagi notijorat taşkilotning mazkur talabiga munosabat bildirdi.

«Telegram – terrorizm, ekstremizm, antisemitizm, pornografiya va boşqa taşviqotlarga qarşi faol kuraş olib boruvçi, bu kabi kontentni zudlik bilan öçirib taşlovçi eng yirik messenjerlardan biri. Uning yordami bilan favqulodda pandemiya paytida millionlab odamlar zarur ma'lumotlarni tez oliş imkoniyatiga ega böldilar», – deb yozadi Komil Allamjonov.

Uning fikriça, 500 million foydalanuvçiga ega Telegram'ning App Store va Google Play kabi ulkan marketlarda bloklanişi köpçilikni taşkil qiluvçi va bu platformaga işonç bildirgan namunali foydalanuvçilarga nisbatan nohaqlik böladi.

«Natijada ular Durovga ta'sir körsatmaydilar, aksinça köplab tarafdorlarini yöqotadilar.

Negativ kontent istalgan messenjer va ijtimoiy tarmoq, jumladan, Facebook va Twitter orqali ham tarqalişi mumkin. Keling, unda ularni ham yopamiz! Ammo masalani bloklaş va öçiriş bilan hal qilib bölmaydi.

Birgina Facebook tarmoğining Özbekistonda bloklanganini eslaylik. Bu nafaqat öylangan natijaga olib kelmadi, balki vaziyatni yanada çuqurlaştirib yubordi. Çunki odamlar VPNdan foydalana boşlaşdi va aynan şu orqali ekstremistik kontentga ham bemalol yöl oçildi.

Agar messenjerlar birma-bir tanlaş yöli bilan bloklansa, qaysidir korporatsiyalar şunçaki raqobatçidan xalos bölişga intilayotgani ayon böladi. Bu urinişlar postlar mazmuni yoki söz erkinligi bilan heç qanday aloqa yöq», – deya qayd etgan u.

Agar bu sud işi davlat tomonidan qözğatilganida, dod-voy kötarilar va demokratiya böğilyapti degan şiorlar ilgari surilar edi, deya ta'kidlagan Komil Allamjonov buni «qandaydir xususiy korxonalar» amalga oşirayotganiga e'tibor qaratadi.

«Bundan esa IT-texnologiyalar sohasidagi gigant-kompaniyalar söz erkinligi ustidan monopoliyani qölga kiritgani va öz qoidalarini kiritiş orqali millionlab foydalanuvçilarni oçiqçasiga öziga va öz xohişiga böysundirişga harakat qilayotgani kelib çiqadi», – deb yozadi Mass-media fondi raisi Komil Allamjonov.

Eslatib ötamiz, sönggi vaqtlarda WhatsApp foydalanuvçilar haqidagi ma'lumotlarni Facebook'ga berişga qaror qilgaç, ğarbda Telegram foydalanuvçilari sezilarli ösa boşladi. Buning ortidan WhatsApp yuqoridagi rejasini amalga oşirişni keçiktirişga majbur böldi.

«Odamlar ortiq texnologik monopollar qölida öyinçoq bölişni, ma'lumotlari tarqaliş xavfi bilan yaşaşni istamaydi», – dedi Telegram asosçisi Pavel Durov WhatsApp'ning harakatlariga javoban.