Telegram messenjerida faol foydalanuvçilar soni 500 million nafardan oşdi. Bu haqda Telegram asosçisi Pavel Durov öz kanalida e'lon qildi. Şuningdek, Telegram'ning özi ham bu ma'lumotni foydalanuvçilarga xuşxabar deb yubordi.
«Telegram'ning faol foydalanuvçilari soni 500 milliondan oşdi. Oxirgi 72 soat içida Telegram'ga yana 25 million foydalanuvçi qöşildi. Rahmat, bu natijaga siz kabi döstlarini Telegram'ga taklif qilgan foydalanuvçilar evaziga erişdik. Agar oxirgi kunlarda bizga qöşilgan döstlaringiz bölsa, ularni Telegram'ning ajoyib qulayliklaridan foydalangan holda – masalan, jonli stikerlar yoki videoxabar orqali tabriklaşingiz mumkin», deyilgan Telegram foydalanuvçilarga yuborgan xabarda.
Durov öz kanalida yozişiça, oxirgi kunlardagi ösişning 38 foizi Osiyo qit'asiga, 27 foizi Yevropaga, 21 foizi esa Lotin Amerikasiga töğri kelgan. Telegram'ga ötgan yil kuniga 1,5 million yangi foydalanuvçi qöşilgan vaqtlar ham bölgan va bu galgi raqamlar barça rekordlar yangilanganini körsatadi.
Durov bayonotida WhatsApp'ni tanqid qilişga ham ulgurdi: «Odamlar ortiq texnologik monopollar qölida öyinçoq bölişni, ma'lumotlari tarqaliş xavfi bilan yaşaşni istamaydi. Endilikda yarim milliardli auditoriyaga ega Telegram xavfsizlikni xohlaydiganlar uçun qulay joyga aylandi. Biz bu mas'uliyatni tuşunamiz va sizni uyaltirib qöymaymiz».
Durov yangi foydalanuvçilarga 2018 yilgi murojaatini öqişni tavsiya qildi: «Telegram'dan bir neça yildan buyon foydalanayotganlar biz şaxsiy ma'lumotlarni saqlaşda işonçli böliş bilan birga rivojlanişdan ham töxtab qolmaganimizni bilişadi. Telegram'ga yangi qöşilganlarga esa 2018 yilgi postimni öqişlarini tavsiya qilaman:
Siz – foydalanuvçilarga xizmat körsatiş bizning asosiy maqsadimiz bölgan va şunday bölib qoladi. Telegram'ning böysunadigan, hisob beradigan reklamaçilari yoki aksionerlari yöq. Biz heç qanday taşkilot va davlat idoralari bilan hamkorlik qilmaymiz. 2013 yil avgustda oçilganimizdan buyon uçinçi tomonga bir bayt ham ma'lumot bermaganmiz.
Bunday qilişimizdan maqsad şuki, Telegram'ni şunçaki ilova deb emas, ğoya deb bilamiz. Ğoyaki, sayyoradagi har bir insonning huquqi himoyalanişi kerakligini tarğib qiluvçi ğoya», deb yozgandi Durov öşa postida.
Oldinroq Facebook 2019 yilda 19 milliard dollarga sotib olgan WhatsApp endilikda foydalanuvçilarning şaxsiy ma'lumotlari Facebook'ga yuborilişini ma'lum qilgandi. Bu köpçilikning noroziligiga sabab bölib, odamlar yoppasiga WhatsApp'dan Telegram'ga öta boşlagandi.

















