Telegram orqali Taʼlim va ilm-fan vaziri örinbosari Ilhom Siradjev nomidan turli şaxslarga soxta xabarlar yuborilayotgani aniqlandi.

Maʼlum qilinişiça, mazkur xabarlar Ilhom Siradjev tomonidan yuborilmagan.

Şuningdek, xabarlarda körsatilgan akkaunt uning şaxsiy Telegram akkaunti hisoblanmaydi.

Vazirlik fuqarolardan bunday xabarlarga nisbatan huşyor böliş, ularga javob bermaslik, SMS orqali kelgan tasdiqlaş kodlarini heç kimga oşkor qilmaslik hamda şaxsiy maʼlumotlar, hujjatlar va boşqa maxfiy axborotlarni taqdim etmaslikni söragan.

Eslatib ötamiz, Ilhom Siradjev 3-oktabr kuni taʼlim va ilm-fan vazirining komplayens va korrupsiyaga qarşi içki nazorat böyiça örinbosari lavozimiga tayinlangandi.