Telegram’da yangi nomdagi APK fayllari köpaymoqda. Bunday fayllarni oçiş yoki zararli havolalarga kiriş jiddiy oqibatlarga olib kelyapti.
Psixologik hujum
Zararli APK fayllari uni oçişga undovçi bir neça psixologik hujumlarga asoslanadi.
Qiziquvçanlik – bu turdagi zararli fayllar töy yoki bayram taklifnomasi, MIB qarzdorligi va boşqa şu kabi şakllarda bölişi mumkin.
Qörquv – “suratingiz tarqab ketibdi”, “sudga çaqirildingiz”, “sizni kuzatişyapti” kabi turlari köproq uçraydi.
Moliyaviy tuzoq – “sizga yutuq çiqdi”, “bonusni oling” va boşqa şu kabi nomlarda uçraydi.
Öğriga “şeriksiz”
APK fayllari kiberfiribgarlar uçun telefoningizni oçib beruvçi “kalit” hisoblanadi. Şu sababli, bunday fayllarni oçiş uyga tuşayotgan öğriga xonadon kalitini berib, “istagan narsangizni olib çiqib ketavering”, deyişday gap. Kiberfiribgarlar aynan foydalanuvçining ruxsati (faylni oçişi) bilan öğrilikni amalga oşira oladi.
Öğirlangan narsalar esa şaxsiy maʼlumotlar, akkaunt yoki bank kartasi boşqaruvi, undagi pul mablağlari bölişi mumkin.
Oçsa nima böladi?
APK fayllarini oçiş yoki zararli havolalarga kiriş jiddiy oqibatlarga olib keladi. Çunki, kiberfiribgar bu orqali quyidagilarni qölga kiritişi mumkin:
şaxsiy maʼlumotlar;
akkauntga ruxsatsiz kiriş;
telefon apparatini masofadan boşqariş;
telefondagi moliyaviy ilovalardan pul öğirlaş;
akkaunt nomidan uning tanişlariga zararli fayllar jönatiş va boşqalar.












