Sergeli tumani IIO FMB xodimlari tomonidan 17 yanvardan 18 yanvarga ötar keçasi Sergeli tumani 6-mavzeda sodir bölgan janjal iştirokçilarining şaxsi aniqlandi. Bu haqda Toşkent şahar IIBB xabar berdi.
18 yanvar kuni taxminan soat 23:50larda 26 yoşli A.K. öz boşqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomobilida tanişlari, 32 yoşli Z.X. va 40 yoşli Z.X. bilan Sergeli tumani 6-mavzedagi avtoturargohga kelgan. Şu jarayonda ikki nafar fuqaro, muqaddam sudlangan 30 yoşli A.A. va 30 yoşli X.X. mast holatda böla turib, avtomobilning yölini tösgan.
Qayd etilişiça, hodisa natijasida fuqarolar örtasida janjal boşlangan. A.A. va X.X. avtomobil oynalarini sindirib, maşinaga zarar yetkazgan. Şundan söng, A.A. va X.X. fuqarolar Z.X. va Z.X.ni urib, ularga tan jarohati yetkazgan. Z.X.ga tan jarohati yetkaziş jarayoni şu joydagi köp qavatli uyda istiqomat qiluvçi fuqaro tomonidan videoga olingan va internetga joylaştirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIO FMB tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (“bezorilik”) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Gumon qilinuvçilar - A.A. va X.X. uşlangan. Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Sergeli tumanida sodir bölgan janjal iştirokçilarining şaxsi aniqlanmoqda - IIBB












