Ijtimoiy tarmoqlarda Urganç şahrida «BYD Chazor» avtomaşinasi bir neça transport vositasiga qasddan urilgani aks etgan video tarqaldi. Xorazm viloyati IIB hodisa yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinişiça, voqea 4-avgust kuni Urganç şahrining Istiqlol mahallasida sodir bölgan. 2000-yilda tuğilgan Ş.B. va 1999-yilda tuğilgan X.B. örtasida kelişmovçilik kelib çiqqan. Şundan söng X.B. öz boşqaruvidagi qora rangli «BYD Chazor» avtomaşinasi bilan Ş.B.ga tegişli «Cobalt», şuningdek, voqea joyida töxtab turgan yana bir «BYD Chazor» va «Damas» avtomaşinalariga qasddan şikast yetkazgan.
Hodisa oqibatida odamlar jabrlanmagan, biroq uçta avtomaşina texnik şikastlangan.
«Taşviş tugmasi» orqali kelib tuşgan xabardan söng içki işlar xodimlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, huquqbuzarning harakatlarini töxtatgan va barça iştirokçilarni içki işlar bölimiga olib kelgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Urganç şahar IIB tomonidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilmoqda.

















