Ötgan yili Saudiya Arabistoni Xitoyga neft yetkazib beriş böyiça Rossiyani ortda qoldirib, eng yirik neft yetkazib beruvçi maqomini saqlab qoldi, deb xabar bermoqda Reuters.
Qayd etilişiça, Xitoy dunyodagi eng yirik neft importyori bölib turibdi: mamlakat bir yil davomida 542,4 mln tonna neft sotib olgan (sutkasiga 10,85 mln barrel). Pandemiyaga qaramasdan, neft importi avvalgi yilga nisbatan 7,6 foizga ösgan.
Saudiya Arabistoni Xitoyga 84,92 mln tonna neft yetkazib bergan (sutkasiga qariyb 1,69 mln barrel).
Rossiya Xitoyga yil davomida 83,57 mln tonna yoki sutkasiga 1,67 mln barrel xom neft yetkazib berib, ikkinçi örinda joylaşdi.
Agentlikning yozişiça, Rossiya 2020 yilning aksariyat qismida moslaşuvçan logistika va geografik yaqinlik evaziga Xitoyga neft yetkazib berişda yetakçilik qildi. Ammo noyabrda Saudiya Arabistoni neft narxini keskin arzonlaştirib, birinçi öringa çiqib oldi.












