Samarqand viloyatida işlaydigan rahbarlardan 150 nafari tibbiy körikdan ötib davolanmoqda. Qolgan 24 nafar rahbar öz ta'tilini 28 yanvardan boşlaydi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Prezident Administratsiyasi tomonidan tasdiqlangan jadvalga muvofiq mamlakatimizdagi barça mahalliy hokimlik hamda sektor rahbarlari tibbiy körikdan ötiş va davolaniş uçun 7 fevralgaça bölgan muddatda 2 bosqiçda qisqa muddatli ta'tilga çiqmoqda.

Xabarda qayd etilişiça, mazkur jadvalga köra, bugungi kunda birinçi bosqiçda samarqandlik rahbarlardan 150 nafari tibbiy körikdan ötib, davolanmoqda. Jumladan, viloyat hokimi Erkinjon Turdimov, viloyat prokurori Ravşan Maşaripov, viloyat içki işlar boşqarmasi boşliği Şavkat Rahmonov va viloyat davlat soliq boşqarmasi boşliği Alovitdin Inağomov Toşkent şahrida tibbiy körikdan ötib, zaruriy muolaja olyapti.

Viloyat hokimining 3 nafar maslahatçisi (yordamçi), 48 nafar sektor rahbarlari (tuman/şahar prokurorlari, IIB va DSI boşliqlari), 96 nafar tuman (şahar) hokimlarining örinbosarlari viloyat tibbiyot markazlarida tibbiy körikdan ötib, muolaja olmoqda. Muolajalar joriy yilning 27 yanvariga qadar davom etişi belgilangan.

Xabarda ta'kidlanişiça, 28 yanvardan 7 fevralgaça davom etadigan ta'tilning ikkinçi bosqiçida Samarqand viloyatidan 8 nafar viloyat hokimining örinbosari, 16 nafar tuman va şahar hokimlari, jami 24 nafar rahbar Toşkent şahrida tibbiy körikdan ötib, davolanişi közda tutilgan.

Eslatib ötamiz, prezident Şavkat Mirziyoyev ham 4–11 yanvar kunlari ta'til olgandi.

12 yanvar kuni Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov soğligini tiklaş maqsadida ta'tilga çiqqani ma'lum böldi. U ayni paytda ham Toşkent şahrida davolanmoqda.

17 yanvar kuni Sirdaryo viloyati hokimi Ğofurjon Mirzayev ham profilaktik tibbiy körikdan ötiş va davolaniş uçun qisqa ta'tilga çiqqani xabar qilindi.

Qonunçilikka muvofiq, viloyat hokimlari hukumatning Tibbiyot boş boşqarmasida röyxatda turadi. Ularning salomatligini muhofaza qiliş mazkur boşqarma zimmasida.