Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti COVAX dasturi doirasida Pfizer/BioNTech bilan koronavirusga qarşi 40 million doza vaksina yetkazib beriş böyiça şartnoma tuzdi.

"Bugun Pfizer va BioNTech COVAX bilan 40 million doza COVID-19 vaksinasini yetkazib beriş böyiça dastlabki şartnomani imzoladi. Dozalar 2021 yil davomida yetkazib beriladi", - deyiladi kompaniya xabarida.

 Qöşimça qilinişiça, dastlabki dozalar 2021 yilning birinçi çoragida yetkaziladi.

Pfizer va BioNTech vaksinalar teng taqsimlanişini közda tutuvçi COVAX taşabbusi doirasida 92 mamlakat uçun notijorat narxlarida vaksina yetkazib beradi.  

 JSST boş direktori Tedros Adhanom Gebreyyesusning ma'lum qilişiça, şuningdek, AstraZeneca/Oxford COVAX doirasida 150 million doza vaksina yetkazib berişi kutilmoqda. 

 U koronavirusga qarşi vaksina taqsimlanişi fevralda boşlanişini bildirdi. Bu yil dastur doirasida ikki milliard doza vaksina yetkazib beriş rejalaştirilgan.