«Islom taraqqiyot banki» guruhi tarkibiga kiruvçi «Xususiy tarmoqni rivojlantiriş islom korporatsiyasi» (ICD) Özbekiston tijorat banklarida islom moliya darçalari («islom darçalari») oçiş yuzasidan muzokaralar olib borayotganligi, uşbu masalada bir neçta bank bilan şartnomalar imzolanganligi haqida xabar berilgan edi.

Quyida islom darçalari nima ekanligi va ular qanday faoliyat olib borişi yuzasidan ma'lumot beriladi.

«Islom darçalari»

Islom bankçiligi rivojlanişi natijasida an'anaviy banklar tomonidan ham bu sohaga bölgan qiziqiş ortib bormoqda. Natijada, uşbu moliya muassasalari özlarining mavjud infratuzilmalaridan foydalangan holda «islom darçalari» deb ataladigan bölinmalarni işga tuşira boşladi.

Mazkur taşabbus, islom bankçiligiga talab yuqori bölgan joylarda an'anaviy banklar uçun yangi imkoniyatlar taqdim etdi. Biroq «islom darçalari»ni oçmoqçi bölgan banklar öz tarkibida islom fiqhi, islom moliyasi va huquqi böyiça olimlar/ekspertlar, hamda bank işi mutaxassislari bölgan mustaqil şariat qömitasiga ega bölişlari kerak.

Islom moliyasi tamoyillari asosida faoliyat yuritiş uçun, ya'ni mijozlarga islom moliya mahsulot va xizmatlarini taklif qiliş va bitimlarni islom moliyasi talablariga muvofiq ravişda tayyorlaş ana şu şariat qömitasi qarorlari asosida va nazorati ostida amalga oşiriladi. Aks holda bunday darçalar faoliyatini islom moliyasi tamoyillariga mos deyiş mumkin bölmaydi.

«Islom darçasi» – an'anaviy moliya muassasalari qoşida maxsus bölinma/filial yoki şoxobça şaklida taşkil etiladi. Bunday şoxobçalarni tuzişdan asosiy maqsad – an'anaviy bank muassasalari mahsulot va xizmatlaridan emas, balki öz diniy qaraşlari tufayli islom moliyasi tamoyillari doirasida faoliyat yurituvçi moliya muassasalari bilan işlaşni afzal köruvçi mijozlar ehtiyojini qondiriş va şu orqali bor mijozlarni saqlab qoliş, hamda bankka yangi mijozlar jalb qiliş. An'anaviy banklarning islom darçalari oçişdan yana bir maqsadi tölaqonli islom banklari bilan raqobat imkoniyatlarini oşirişdir.

«Islom darçalari»ning şariat böyiça talqini

Islom moliyasidan yaxşi xabardor bölgan ulamolar «islom darçalari»ni an'anaviy banklarda muayyan talablar asosida oçişga ruxsat berişgan. Ayrim ulamolar esa «islom darçalari»ni boşqaradigan an'anaviy banklarga biroz şubha bilan qaraydilar, çunki mazkur muassasalarning maqsad va vazifalari islom bankçiligini qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş emas, balki faqat qöşimça daromad oliş deb hisoblaşadi.

Bundan taşqari, an'anaviy banklar daromadlarining katta qismi sudxörlikka asoslangan faoliyat turlari hisobidan hamda halol bölmagan biznes loyihalarni moliyalaştiriş hisobiga olinişi xavotir darajasining yanada oşişiga sabab böladi.

Biroq aksariyat ulamolar daromad manbalari tahlil qilinişi va «toza» qismi islom darçasiga sarmoya qilinişi joiz ekanligini ta'kidlaşadi. Daromadlarning «toza» qismi deganda moliya muassasasining foiz hisobiga yoki şariat nuqtai nazaridan taqiqlangan boşqa faoliyat turlaridan (masalan, mast qiluvçi içimliklar yoki tamaki işlab çiqaruvçi korxonalarga kiritilgan sarmoyadan) olgan daromadlari emas, balki boşqa, ya'ni Islom dinida taqiqlanmagan faoliyat turlaridan olgan daromadlari közda tutiladi.

Bank amaliyoti bilan yaqindan taniş bölgan moliyaçilarga ma'lumki, an'anaviy banklar nafaqat foiz asosida taqdim etiladigan qarzlar (kreditlar), balki mijozlarga xizmat körsatiş, valuta ayirboşlaş kabi islom dini nuqtai nazaridan halol bölgan faoliyat turlaridan ham daromad olişadi. Şunday qilib, daromad manbalari örganib çiqilgandan söng, «toza» mablağlar «islom darçalari» orqali şar'iy nuqtai nazaridan ruxsat etilgan loyihalarga yönaltirilişi mumkin. Bu yerda asosiy vazifa an'anaviy bank amaliyotlari va «islom darçalari»  amaliyotlari bir-biriga aralaşib ketişiga yöl qöymaslikdir. Buni ta'minlaş uçun «islom darçalari» doirasida islom moliyasi tamoyillariga mos bölgan standartlar, hisob-kitob va hisobot şakllari qabul qilinadi va qöllanadi, ya'ni barça buxgalterlik hisob-raqamlar, ötkazmalar, korrespondentlik raqamlari, xullas barça amaliyotlar alohida olib boriladi.

Xöş, «islom darçalari» faoliyat körsatişi uçun umumiy qabul qilingan körsatmalar qanday? Quyida ba'zi asosiy körsatmalarni e'tiboringizga havola qilamiz:

§ Aksiyadorlar, direktorlar kengaşi va bank rahbariyati tomonidan islom moliyasi böyiça mutaxassislar tavsiyalari asosida «islom darçasi» konsepsiyasini qabul qiliş;

§ Maxsus Şariat kengaşi (Shari’a supervisory board – SSB) taşkil etiş va uning körsatmalariga qat'iy rioya qiliş;

§ Bank doirasida islom moliyasi böyiça muvofiqlaştiriş işlarini amalga oşiriş, jumladan bankda foydalaniladigan dasturlarni islom moliyasi talablariga moslaştiriş, tadqiqotlar va treninglar taşkil qiliş;

§ Islom moliyasi talablariga muvofiq bölgan bank siyosatini işlab çiqiş, şunga mos infratuzilma quriş va uni doimiy ravişda qöllab-quvvatlab turiş;

§ Islom darçalarida işlaydigan xodimlarning islom banklari axloq kodekslariga rioya qilişlarini ta'minlaş;

§ Şariatga muvofiq boşqaruv siyosatini qöllaş.

§ Islom moliyasi tamoyillariga töliq mos keladigan mahsulotlar va xizmatlarni joriy qiliş;

§ Şaffoflik siyosatiga amal qiliş (albatta bu mijozlarga aloqador şaxsiy ma'lumotlarga emas, balki hisob-kitoblar tizimiga tegişli), islom moliyasi tamoyillariga mos bölgan standartlarni, hamda hisob-kitob va hisobot şakllarini tatbiq qiliş va qöllaş.

Turli moliya muassasalarining tajribasidan kelib çiqqan holda şuni aytiş mumkinki, «islom darçalari»ni oçiş asosan ikki xil usulda amalga oşiriladi:

A) Mustaqil bölinma/filiallar taşkil etiş

Bunda, an'anaviy banklar islom darçasi sifatida tölaqonli bölinma/filial taşkil etişi va uning faoliyatini bankning boşqa an'anaviy faoliyatidan töliq ajratişi talab qilinadi. Uşbu usul Malayziyada keng tarqalgan bölib, boşqa mamlakatlarda ham ommalaşib bormoqda.

B) Markazlaştirilgan bölinmalar tuziş

Uşbu usul qöllanganda, bank markazlaştirilgan islom biznesi bölimini taşkil etadi, ya'ni öz binosida alohida bölim sifatida «islom darçalari»ni işga tuşiradi va islom moliyasi mahsulot va xizmatlarini taqdim etaveradi.

Jahongir Imomnazarov
«Islom moliyasi» loyihasi asosçilaridan,
hamda «Islamic Business and Finance» kompaniyasi hamta'sisçisi va direktori