Toşkent jamoat transportida avtomatlaştirilgan tölov tizimi joriy etilişi munosabati bilan 2021 yil 1 fevraldan qoğoz körinişidagi oylik yöl çiptalaridan foydalanilmaydi. Şu sanadan boşlab imtiyozli elektron oylik yöl çiptalari uçun belgilangan kunlik tariflar faollaştiriladi. Şuningdek, elektron oylik yöl çiptalarini birinçi bor xarid qilayotgan yölovçilarning transport kartalarida 30 kunlik tarif avtomatik tarzda yoqiladi. 

«Toşşahartransxizmat» matbuot xizmati kotibi Azimjon Mahamadjonovning Kun.uz muxbiriga ma'lum qilişiça, sotib olingan elektron oylik yöl çiptalaridagi tariflar birinçi tölovni amalga oşirgan kundan boşlab, tarifda belgilangan kunga qadar amal qiladi.

«Masalan, yölovçi tarifni oyning 1-sanasidan sotib oldi, ammo 8-sanadan foydalana boşladi. Şunda tarif keyingi oyning 8-sanasiga qadar amalda böladi», - dedi u.

Imtiyozli (N, T, O‘, NM, TM, ÖM) transport kartalarini Toşkent şahridagi 70ta oylik yöl çiptalari va transport kartalari sotiş şoxobçalaridan xarid qiliş mumkin. 

Şuningdek, talaba, ijtimoiy nafaqa, öquvçi turidagi uç xil elektron oylik yöl çiptalariga ega böliş uçun quyidagi hujjatlarni taqdim etiş lozim böladi:

  • talabaning elektron oylik yöl çiptasi uçun pasport nusxasi hamda muassasa tomonidan taqdim etilgan guvohnoma;
  • ijtimoiy elektron oylik yöl çiptasi uçun pasport nusxasi hamda nafaqaga çiqqanligi haqida hujjat;
  • öquvçining elektron oylik yöl çiptasi uçun, uşbu öquvçi ota-onasining pasport nusxasi hamda öquvçining tuğilganligi haqida guvohnoma.

Barça turdagi elektron transport kartalaridan 3 yil muddatda foydalaniş mumkin. Endi har oyda yangi elektron oylik yöl çiptalari xarid qiliş lozim bölmaydi. Qulay tariflarni yuklab oliş kifoya böladi. Şunda karta bepul taqdim etiladi.