Hindiston-Xitoy çegarasida sodir bölgan töqnaşuv natijasida tört nafar hindistonlik va kamida 20 nafar xitoylik harbiy yaralandi. Bu haqda öz manbalariga tayanib India Today naşri xabar berdi.

 Hindiston qurolli kuçlari vakilining sözlariga köra, töqnaşuv ofitserlar aralaşuvi bilan töxtatilgan.

 Öz navbatida Xitoyning Global Times gazetasi 20 nafar xitoylik askar yaralangani haqidagi xabarni yolğon deb atadi. Hindiston armiyasi ham harbiy xizmatçilari jarohatlanganini rasman tasdiqlamadi.

 Xitoy va Hindiston çegarasidagi ziddiyat ötgan yil bahorida boşlangandi. Öşandan buyon Pekin va Dehli bir-birini çegarani buzişga uriniş va fitna qözğatişda ayblab kelmoqda.