AQŞ moliya vazirligi XIX asrda qullarning ozod qilinişi harakati faollaridan biri, afroamerikalik Garriyet Tabmenning tasviri tuşiriladigan 20 dollarlik kupyuraning çiqarilişini tezlaştirişga qaror qildi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Jyen Psaki ma'lum qildi.
Uning aytişiça, AQŞ banknotalari mamlakatning tarixi va turfa xilligini aks ettirişi muhim hisoblanadi. Şu sababli moliya vazirligi yuqoridagi masala böyiça işni tezlatiş imkoniyatini örganmoqda.
Dastlab Tabmenning suratini 20 dollarlik kupyurada joylaştiriş qarori AQŞning sobiq prezidenti Barak Obama ma'muriyati tomonidan qabul qilingan.
Biroq Obamadan keyingi prezident Donald Tramp vaqtida uşbu qarorning amalga oşirilişi 2028 yilga qoldirilgandi. Tramp ta'kidlaganidek, u hozirda 20 dollarlikda tasvirlangan 7-prezident Endryu Jyeksonni juda hurmat qiladi.
Tramp 2020 yil 4 iyulda AQŞ mustaqilligi kuni munosabati bilan sözlagan nutqida öz talqini böyiça buyuk amerikaliklar röyxatini e'lon qilgandi. Sobiq prezident bu röyxatga AQŞning asosçi-otalari, uruş qahramonlari, afroamerikaliklar huquqlari uçun kuraşçilar, aviatorlarni kiritgan. Trampning uşbu röyxatiga Garriyet Tabmen afroamerikaliklar huquqlari kuraşçisi sifatida kiritilgan.
Garriyet Tabmen (qizlikdagi ismi Araminta Ross) AQŞda quldorlikning bekor qilinişi va islohotlar kuraşçisi hisoblanib, yuzlab afroamerikaliklarni qullikdan qutqargan. U haqida köplab kitoblar yozilgan va filmlar işlangan.












