Uçraşuvda Özbekiston-Saudiya köp qirrali munosabatlarini yanada mustahkamlaşning dolzarb masalalari körib çiqildi, deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Eslatib ötamiz, saudlar delegatsiyasi taşrifi arafasida Buxoro şahrida qöşma biznes-forum ötkazilib, Işbilarmonlik kengaşini taşkil etiş töğrisida qaror qabul qilindi.

24 yanvar kuni Sirdaryo viloyatida «ACWA Power» korporatsiyasi iştirokida quvvati 1200 megavatt bölgan zamonaviy issiqlik elektr stansiyasini quriş loyihasiga start berildi.

Bundan taşqari, uşbu kompaniya tomonidan Buxoro va Navoiy viloyatlarida umumiy qiymati 1000 megavattli şamol elektr stansiyalari quriladi.

Qayd etilişiça, Özbekistonda Saudiya investitsiyalari iştirokidagi qöşma korxona va loyihalar soni keyingi yillarda bir neça barobarga köpaydi.

Tomonlar özaro hamkorlikni rivojlantirişga oid «yöl xaritasi»ni qabul qilib, amalga oşiriş, hukumatlararo komissiya faoliyatini qayta tiklaş, ustuvor loyihalar böyiça işçi guruhlarni şakllantirişga kelişib oldi.