Siğimlardagi sathni, bosimni, gidrostatik bosimni va haroratni ölçovçi zamonaviy asboblarni örnatiş hamda laboratoriya, tarozi va dispetçerlik xonalarini mos ravişda ta’mirlaş işlari pudratçi taşkilotlar «Maxsusenergogaz» AJ va «Albatros» AJ kompaniyalari tomonidan amalga oşirildi.
Şuningdek, «Özbekneftgaz» AJ Boşqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev tomonidan Jamiyatga tegişli barça neft bazalaridagi mavjud vertikal va gorizontal siğimlarga sath-ölçagiç asboblarini örnatiş, ularni nazorat qiliş va kuzatiş işlarini 2021 yil yakuniga qadar töliq yakunlaş böyiça topşiriq berildi.
Hozirgi kunda joriy yilning 1-çoragida rejalaştirilgan «Buxoro neft bazasi» MÇJ, «Maroqand neft bazasi» MÇJ, «Paxta neft bazasi» MÇJ va «Çinobod neft bazasi» MÇJlarida uşbu tizimni joriy etiş böyiça amaliy işlar olib borilmoqda.

Jumladan, «Buxoro», «Maroqand», «Paxta» va «Çinobod» neft baza MÇJlari tomonidan quyidagilar amalga oşirilmoqda:
– neft mahsulotlari hisobini yuritişning avtomatlaştirilgan tizimini (ASKUN) işlab çiqiş va joriy etiş işlariga oid tarmoq jadvalini işlab çiqiş va tasdiqlaş;
– avtomatik tizimni joriy etiş işlarini moliyalaştiriş manbalarini aniqlaş hamda 2021 yil uçun qurilişlar manzilli dasturiga tegişli özgartiriş va qöşimçalar kiritilişini ta’minlaş;
– avtomatlaştirilgan tizimni işlab çiqiş va joriy etişning loyiha-smeta hujjatlarini örnatilgan tartibda işlab çiqiş va unga asosan quriliş-montaj işlarini amalga oşiriş va belgilangan muddatlarda foydalanişga topşirilişini ta’minlaş;
– avtomatlaştirilgan tizimni işlab çiqiş va joriy etiş uçun sarflanadigan mablağlarning loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan ötkaziş va mablağlarning maqsadli sarflanişini qat’iy nazorat qiliş;
–avtomatlaştirilgan tizimni joriy etiş uçun talab etiladigan mablağlarni öz vaqtida ta’minlaş;
– avtomatlaştirilgan tizim joriy etiş işlarini doimiy nazorat qiliş va amaliy yordamlar körsatiş kabi işlarni amalga oşiriş.

Belgilangan işlarning amalga oşirilişi natijasida, «Paxta neft bazasi» MÇJning siğimlar boğida 52 ta vertikal pölat siğimlarda, «Çinobod neft bazasi» MÇJning siğimlar boğida 18 ta vertikal pölat siğimlarda, «Buxoro neft bazasi» MÇJning siğimlar boğida 35 ta vertikal pölat siğimlarda va «Maroqand neft bazasi» MÇJning siğimlar boğida 46 ta vertikal pölat siğimlarda mahsulotlar hisobini yuritişning avtomatlaştirilgan tizimi joriy etiladi.
Natijada esa, siğimlardagi neft mahsulotlarini avtomatik tarzda nazorat qiliş uçun kompyuterga siğimlar boğidagi hamma siğimlar bir vaqtda, qulay tarzda, grafik holda forma qilinib, dasturga kiritiladi.

Şundan keyin har bir siğimdagi kerakli ma’lumotlarni xohlagan vaqtda oliş imkoniyati yaratiladi:
– siğim raqami;
– siğimda bajarilayotgan işlar (mahsulotni oliş, quyiş, saqlaş, ta’mirlaş);
– mahsulot ostidagi suv miqdori;
– mahsulot ziçligi;
– mahsulot harorati;
– siğimning mahsulot qabul qiliş jami hajmi va massasi;
– siğimdagi mahsulotning hajmi va massasi;
– siğimdagi böş hajm;
– mahsulot kötarilişining maksimal sathi;
– mahsulot kötarilişining qölda ölçangan sathi;
– mahsulot sathining tepa va pastki çegaralari;
– bir daqiqada quyiş sathining özgarişi (quyiş tezligi)
– sath özgariş vaqtining tahlili;
– siğimning mahsulotni qabul qiliş mumkin bölgan sathiga yetganligini bildiriş signalizatsiyasi;
– qilinayotgan işlarning notöğriligi haqida ogohlantiriş signalining avtomatik tarzda işlab ketişi.

Bundan taşqari, dasturda quyidagi işlar qilinadi:
– avtomatik tarzda qabul qilinayotgan mahsulotning xatlov natijalari va kerakli hisobotlarni xotirada saqlaş (balandlik sathi, mahsulot osti suv sathi, ziçligi va harorati, mahsulot hajmi va oğirligi, siğimning holati) hamma siğimlarning mahsulot qabul qiliş imkoniyatini xotirada aniqlaş (xatlov qançaligi);
– har qaysi siğimdagi mahsulotning özgariş harakatini xotiraga olib boriş (sönggi kundagi bir daqiqagaça bölgan aniqligi);
– uzatkiçlar va körsatkiçlar işdan çiqqanda, ma’lumotlarni avtomatik tarzda xotiraga oliş;
– «zaxiradagi inventarlar» haqidagi ma’lumotlarni avtomatik yiğiş;
– eng sönggi soat içida siğimlardagi mahsulotlarning zamerlari haqida ma’lumotlarni avtomatik yiğiş;
Quyiş, tökib oliş va siğimlar boği operator xonalarida örnatilgan kompyuterlar ma’lumotlarni maxsus kodlaştirilgan yagona tizimdagi kompyuterga (server) uzluksiz uzatib turadi, bu kompyuter (server) bilan işlaş maxsus mas’ul xodimlargagina ruxsat etilgan bölib, natijada, neft mahsulotlarining talon-taroj qilinişiga va mijozlarning haqiga xiyonat qilinişiga yöl qöyilişining oldi olinadi hamda keraksiz bölgan iş örinlari qisqartirilib, ortiqça sarf-xarajat qilinmaydi.
«Özbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati Ⓣ











