Rossiya Içki işlar vazirligi nega mehnat muhojirlariga mamlakatga kiriş uçun çeklov (zapret) qöyilişini izohladi. Vazirlik bu boradagi TASS axborot agentligining söroviga javob bergan.
«Boşqa mamlakat fuqarolariga Rossiyaga kirişiga çeklov qöyilişining asosiy sababi – ruxsat etilgan yaşaş muddatiga rioya qilmaslik. Köpçilik ruxsatnoma muddati tugagaç, uni uzaytirmay işlayveradi. Şuningdek, noqonuniy mehnat faoliyati bilan şuğullaniş ham Rossiyaga kirişga çeklov qöyilişiga sabab böladi», deyilgan vazirlik xabarida.
Ma'lum bölişiça, «zapret» olayotganlarning aksari Rossiyaga fuqarolari vizasiz kiriş huquqiga ega bölgan yaqin atrofdagi mamlakatlar (aksar hollarda MDH davlatlari) fuqarolari. Rossiya IIV axborotiga köra, 2020 yil 189 ming xorijiy fuqarolar Rossiyaga kirişga çeklov olgan. Bir yil oldin esa 250 mingdan ortiq xorijlik Rossiyaga kirişda «zapret»ga tuşgan.
2020 yilning 11 oyi davomida muhojirlar işlaş ruxsatnomasi – patent tölovi orqali Rossiya ğaznasiga 43,5 milliard rubl (5,8 milliard dollar) foyda keltirgan.
Rossiyada migrantlarning vaqtinçalik böliş muddati uzaytirildi












