2021 yilning 17 yanvar kuni Toşkent şahri Bektemir tumanida joylaşgan umumiy örta ta'lim maktabi direktori 56 yoşli N.K. Bektemir tumani IIO FMBga ariza bilan murojaat qilgan, deb xabar bermoqda IIV huzuridagi Tergov departamenti.
U maktab binosidagi öqituvçilar xonasida turgan, davlat tomonidan maktab uçun ajratilgan jami 17 dona Koreya Respublikasida işlab çiqarilgan “Jooyon” rusumli kompyuter texnikalari va ularning ehtiyot qismlari noma'lum şaxslar tomonidan öğirlangani haqida xabar bergan.
Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan noma'lum şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b, v, g” (öğrilik) bandlari bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida uşbu jinoyatni psixotrop moddalar ta'sirida 29 yoşli D.O., 20 yoşli N.A. va 26 yoşli B.T. sodir etganliklari aniqlangan hamda ulardan kompyuter moslamalari aşyoviy dalil tariqasida hujjatlaştirib olingan.
Olib borilgan dastlabki tergov davomida uşbu jinoiy guruh Toşkent şahrining boşqa tumanlarida joylaşgan umumiy örta ta'lim maktablarida ham öğrilik jinoyatini sodir etganliklari aniqlangan.
Dastlabki tergov jarayonida mazkur jinoyat işida D.O., N.A. va B.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b, v, g” bandlari, 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayb e'lon qilinib, ularga nisbatan “qamoqqa oliş” tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda, deyiladi ma'lumotda.












