Vazirlik axborot xizmati xabariga köra, örganiş davomida 11-son davlat maktabgaça ta'lim taşkilotida 2016-2020 yillarda 19 nafar xodim nomiga hisoblangan 98 mln söm naqd pul xodimlarga berilmagan, 14 nafar öz vazifalarini bajarmagan xodim nomiga 145,7 mln söm iş haqi noqonuniy hisobdan çiqarilgan.

19-son davlat maktabgaça ta'lim taşkilotida 2018-2020 yillarda 8 nafar xodim nomiga hisoblangan 67 mln söm naqd pul xodimlarga berilmagan, 10 nafar öz vazifalarini bajarmagan xodim nomiga 63,8 mln söm iş haqi noqonuniy hisobdan çiqarilgan.

Qayd etilişiça, uşbu maktabgaça ta'lim taşkilotlari direktorlari hozirgi kunda lavozimidan ozod etilgan. Örganiş hujjatlari qonuniy qaror qabul qiliş uçun Namangan viloyat prokuraturasiga topşirilgan.

11-sonli MTTdan 98 mln söm va 16-son MTTdan esa 67 mln söm, jami 165 mln söm miqdorida davlat budjetiga yetkazilgan zarar davlat hisobiga undirilgani aytiladi.