Hafta boşida Oq uydagilar Moskvadan Aleksey Navalniyni va uni qöllab-quvvatlaş uçun ötkazilgan aksiyalar çoğida qölga olinganlarni zudlik bilan ozod qilişni talab qilib, aks holda Kremlga nisbatan yangi sanksiyalar joriy etilişi bilan tahdid qilgandi. Yangi ma'muriyat matbuot kotibi Jyennifer Psakining sözlariga köra, davlat rahbari Rossiya hukumati harakatlariga javob qaytarişda «barça variantlardan foydalaniş»ni istisno etmaydi.
Jo Baydenning özi duşanba kuni jurnalistlarning savollariga javob berar ekan, AQŞ va Rossiya hamkorlik qilişi mumkin bölgan soha sifatida hozirça faqat yadroviy qurolsizlaniş masalasini (yadro qurolini işlatişni çeklaş böyiça kelişuvni uzaytiriş) körayotganini aytib ötgan. Qolgan sohalarda hamkorlik darajasi minimumga qadar tuşiriladi.
Bayden Putin bilan telefon orqali muloqotda rossiyalik muxolif siyosatçi Aleksey Navalniyning zaharlanişi, Moskvaning AQŞ davlat idoralariga kiberhujumdagi ehtimoliy iştirokini, şuningdek, Rossiyaning Amerikadagi 2020 yilgi saylovlarga aralaşiş böyiça ehtimoliy urinişlarini va Afğonistonda «Tolibon» harakati bilan amerikaliklarga qarşi ehtimoliy til biriktiruvlarni muhokama qilgandi.
Navalniyning qölga olinişi masalasi Senatda Entoni Blinken nomzodini tasdiqlaş böyiça ötkazilgan eşituvdagi asosiy masalalardan biri bölgan. Blinken Rossiya bilan munosabatlar muammosini yangi ma'muriyat uçun muhim masala deb atagan, rossiyalik muxolifatçining qölga olinişiga bölgan munosabatini quyidagi ibora bilan ifodalagan: «Bu hayratlanarli, şunday kuçli Vladimir Putin bu odamdan qörqadi».
AQŞ ma'muriyatidagi boşqa mulozimlar ham Blinken bilan bir xil pozitsiya tanlagan.
AQŞning Rossiyadagi sobiq elçisi, Bayden tomonidan Markaziy razvedka boşqarmasi rahbarligiga tavsiya etilgan Uilyam Berns bir neça oy muqaddam Axios portaliga bergan intervyusida Moskva bilan hamkorlikda alohida istiqbol körmayotganini aytib ötgandi.
Uning sözlariga köra, Amerika Kremlga nisbatan munosabatlarda «keskin raqiblikdan yoqimsiz duşmanlikkaça» bölgan doirada harakat qiladi.
Davlat departamentining yangi rahbari uşbu siyosatni amalda olib borişi kerak böladi.
Jo Bayden kim: AQŞning yangi prezidenti haqidagi asosiy ma'lumotlar
Entoni Blinken kim özi?
58 yoşda bölgan Blinken Harvard va Kolumbiya universitetlarida huquqşunoslik va jurnalistika böyiça tahsil olgan, yoşligida prodyuser bölişni orzu qilgan. 1990-yillar boşida Klinton uçun nutqlar yozgan, 1994 yildan 2001 yilgaça Klinton ma'muriyatida Milliy xavfsizlik kengaşi apparatida işlagan, 2002–2008 yillarda Senat taşqi işlar qömitasining Demokratik fraksiyasi apparatini boşqargan. Öşanda qömitaga Jo Bayden rahbarlik qilgan, Blinken uning eng yaqin maslahatçisi sifatida e'tibor qozongan.

Aynan şu davrda u Kongressdagi respublikaçilar tiliga tuşa boşlagan. 2002 yilda Bayden Iroqqa bostirib kirişni qöllab-quvvatlagan, keyinroq Liviyadagi harbiy harakatlarni ham ma'qullagan, şuningdek, AQŞ Suriyada yanada agressiv siyosat olib borişi kerakligini aytgan. Washington Post ma'lumotiga köra, Baydenga şunday pozitsiya tanlaşni aynan Blinken maslahat bergan, u öz vaqtida Iroqqa bostirib kirişni «qat'iy diplomatiya» deb atagandi.
Wall Street Journal naşrining yozişiça, u ayni vaqtda Afğoniston va Iroqdagi amerikalik harbiylarni olib çiqişga şoşilmaslik kerak deb hisoblaydi.
«Agar siz öyinda bölmasangiz, sizda muammolar böladi. Agar voqealarga içkaridan ta'sir körsata olmasangiz, siz bilan hisoblaşişmaydi», degan u saylovlar arafasida jurnalistlar bilan suhbatda.
«Öylaymanki, Amerika taşqi siyosati yoki milliy xavfsizlik masalalarida doimiy ravişda xato qarorlar qabul qilgan odamni Davlat kotibi etib tayinlaş katta xato böladi», dedi ötgan haftada Senatdagi tinglov vaqtida Blinken nomzodiga qarşi ovoz berişga çaqirgan respublikaçi Jon Barrasso.
2009 yilda bölajak davlat kotibi ham Bayden ortidan Obama ma'muriyatiga işga ötadi, u avvaliga AQŞ vitse-prezidentining milliy xavfsizlik masalalari böyiça maslahatçisi lavozimini oladi, keyin prezident Barak Obamaning milliy xavfsizlik masalalari böyiça maslahatçisiga aylanadi. U Pokiston va Afğoniston mavzulariga qarardi, şuningdek, Eron yadroviy dasturi masalalari bilan şuğullanardi. Qrim va Ukraina şarqidagi voqealardan keyin esa u AQŞning Rossiya bilan munosabatlarining asosiy mualliflaridan biriga aylandi.
Beş yil ötib, 2014 yil dekabrida prezident uning nomzodini AQŞ Davlat kotibi örinbosari lavozimiga körsatadi.
Öşanda Senatdagi tasdiqlaş jarayoni Blinken uçun yangilik bölmagandi. Uning oilasidagi kamida uç kişi şu kabi jarayondan ötgan: otasi Donald Blinken AQŞning Vengriyadagi elçisi bölgan, amakisi Alan Blinken Belgiyada elçi bölgan, rafiqasi Evan Rayyan Obama ma'muriyatida davlat kotibining ta'lim va madaniy aloqalar böyiça örinbosari lavozimini egallagan (u Hillari Klinton AQŞning birinçi xonimi bölgan yillarda uning şaxsiy yordamçisi ham edi).
2014 yilgi Senatdagi eşituvlar vaqtida Blinken ilk bor oilasi tarixini yodga olgandi. 1970 yilda uning ota-onasi ajraşgan, onasi taniqli advokat Semyuel Pizarga turmuşga çiqqan. Keyinroq oila Parijga köçib ötgan, bölajak davlat kotibi maktabni şu şaharda tamomlagan.
Blinkenning sözlariga köra, kelib çiqişiga köra yahudiy bölgan Pizar Ikkinçi jahon uruşi boşida Polşadagi konslagerga tuşgan, u maktabning 900 öquvçisi orasida tört yillik tutqunlikdan keyin ham omon qolgan yagona öquvçi bölgan. Uni amerikalik qora tanli askar qutqargan.
Blinken bu tarixni şu haftadagi Senatdagi eşituvda ham takrorladi va bu hodisani «Qöşma ştatlarning dunyoda qanday rolni öynaşi»ga misol sifatida keltirdi.
2013 yilgi intervyusida Bayden uni superyulduz deb atagandi: «Blinken har qanday işni ham uddalay oladi. Toni Blinken – super yulduz va bu mubolağa emas. Prezident buni tört yil men bilan birga işlaganidan keyin tan oldi va uni mendan tortib oldi».
2015-2016 yillarda Blinken Hillari Klintonning maslahatçisi bölgan va Yaqin Şarqdagi işlar, xususan, IŞIDga qarşi kuraş masalalari bilan şuğullangan.

2016 yilgi saylovlarda Tramp ğalaba qozongaç, Blinken ma'muriyatni tark etadi va xususiy biznesda faoliyat boşlaydi. U Pine Island Capital Partners investitsiya kompaniyasida maslahatçilik qiladi, 2018 yilda esa geosiyosiy risklarni baholaş bilan şuğullanuvçi WestExec Advisors konsalting firmasiga asos soladi.
Pine Island kompaniyasida general Lloyd Ostin ham maslahatçilik qilardi, Bayden uni Pentagon rahbarligiga tayinladi. WestExec kompaniyasidagi rahbarlardan biri esa Evril Heyns edi, u yangi ma'muriyatda Milliy razvedka xizmati direktori lavozimini egalladi.
Soliq hisobotlaridan biliş mumkinki, Blinken biznesda muvaffaqiyatga erişgan. WestExec Advisors kompaniyasi mijozlari qatorida Facebook, Uber, Microsoft va LinkedIn kabi nomlarni uçratiş mumkin, sönggi yillarda bu firma orqali bölajak davlat kotibi 1,2 mln dollar işlab olgan. Yana 144,5 ming dollarni u Baydenning saylovoldi ştabidagi işi orqali topgan. Şuningdek, CNN telekompaniyasi xalqaro şarhlovçi sifatidagi çiqişlari uçun unga 21 ming dollar tölagan.
Xususiy biznesga ötib ketişi unga sönggi yillarda önlab intervyular beriş va taşqi siyosatning turli masalalarida ommaviy çiqişlar qilişga xalal bermagan. Quyida uning taşqi siyosat böyiça qaraşlari keltiriladi.
«Perezagruzka» siyosati haqida

«Baydenga barçasi ayon, biz Rossiya bilan aloqalarni tiklamoqçi bölsak ham, asosiy prinsiplarimizdan çekinmaymiz. Biz Yevropa yoki undan taşqaridagi ta'sir doiralari dunyosiga qaytmoqçi emasmiz. Biz Rossiyadek bir davlat boşqa davlatlarga nima qiliş yoki nima qilmasligini örgatib turişi haqidagi taklifga könmaymiz.
U [Putin] töğridan töğri harbiy hujum qilmasdan asimmetrik taktikadan foydalanadi. U barça yöllardan foydalanadi: siyosatçilarni sotib oliş, dezinformatsiya kampaniyasi, kiçik kölamli harbiy amaliyotlar va ayrim mamlakatlardagi ayirmaçilarni qöllab-quvvatlaş harakatlari - bularning barçasi asimmetrik strategiyaga aylanadi [...] bu esa katta zarar keltirişi mumkin».
NATO va Rossiya munosabatlari
«Men darhol aytişim mumkinki, prezident Bayden agressiyasi tufayli Putinga qarşi kuraşadi [...]».
«Rossiyaning Ukrainadagi voqealarga aralaşuvidan keyin AQŞ rahbarligidagi NATO öz siyosatini faollaştirdi. Hozirda Rossiya bilan çegaradoş bölgan davlatlardagi mavjudligimiz inqirozgaça bölgan davrga nisbatan sezilarli darajada ösgan. Gap energetika xavfsizligi haqida borganda yevropaliklar yanada jipslaşadilar. Barça hisob-kitoblarga köra, uşbu strategik qarorlar Rossiya pozitsiyalarini strategik jihatdan yanada zaiflaştiradi».
Yadroviy qurolsizlaniş töğrisida
«Albatta, biz Xitoyni qurollanişni nazorat qiliş masalalariga jalb qilişni istaymiz, [...] ammo biz qurollardan foydalanişni çeklaş töğrisidagi şartnomani uzaytiriş orqali strategik barqarorlikka erişişga harakat qilamiz».
«Şu bilan birga biz strategik barqarorlik masalalari bilan şuğullanişimiz kerak va biz buni qila olamiz. Bayden yadro qurolini işlatişni çeklaş böyiça kelişuvni uzaytirişimiz va Putinning tajovuzkorona siyosatiga qarşi çiqiş barobarida Rossiya bilan strategik barqarorlikni mustahkamlaşning boşqa yöllarini izlaşimiz kerak deb hisoblaydi».
Terrorizm bilan kuraş haqida
«Qaçonki [Tramp] Rossiya toliblarga bizning harbiylar öldirilişi uçun pul tölagani haqida razvedka ma'lumotlarini olganida [...] u heç narsa qilmagandi [...], bizda çindan jiddiy muammo mavjud».
«Biz [Afğonistondagi] muhim manfaatlarimizni himoyalaş va u yerga 14 ming yoki 7 ming amerikalik askar yubormasdan yangi terrorçi guruhlar yuzaga kelişining oldini oliş uçun hozir nima qilişimiz kerak? Buning uçun, menimça, yaqin kelajakda bunday guruhlar yana jonlanmasligi uçun terrorizmga qarşi kuraşdagi mavjud ustunlikni saqlab qolişimiz kerak».
Kiberxavfsizlik haqida
«Prezident Bayden [...] kiberhududlardagi tahdidlarga qarşi kuraşiş [...] va elektron uruşlarda yangi imkoniyatlar uçun investitsiya kiritadi».
Ikki tomonlama savdo va sanksiyalar töğrisida
«[Bayden ma'muriyati] muvofiqlaştirilgan sanksiyalar, korrupsiya holatlarini foş etiş işlari orqali haqiqiy körinişdagi zararlarni yetkazişga intiladi va Putinga u qanday tahdidga töqnaş kelişi haqida aniq signal beradi. Boşqa tomondan, savdo-sotiqdan, investitsiyalardan va muzokaralar stoliga qaytişdan qanday foyda körişini tuşuntiradi. Agar Rossiya öz siyosatini özgartirsa, bu uşbu davlatning tobora ösib borayotgan Xitoyga qaramligini ham kamaytirişga imkon beradi».
Ukraina haqida
«Rossiya uçun Ukrainadagi zaif nuqta harbiy qarama-qarşilik emas, iqtisodiyot edi. Şu tufayli sanksiyalar joriy etilgan, şu tufayli Qöşma Ştatlar Rossiya Ukrainadagi avantyurasiga çin ma'noda tölov qilişi uçun Yevropa davlatlarini ham qat'iy sanksiyalarga undadi».












