AQŞ davlat kotibi yana Yaqin Şarqqa keldi: bu safar Ğazo masalasi emas, post-Asad davri Suriyasi muhokama markazida. Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturida siyosiy tahlilçilar Vaşingtonning Suriyadagi manfaatlari haqida söz yuritdi.
AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken Suriyadagi davlat töntarişi fonida navbatdagi marta Yaqin Şarqqa keldi. U Suriyaning qöşnilari – Iordaniya, Turkiya va Iroqda böldi, post-Asad davri Suriyasi böyiça muzokaraga yiğilgan mintaqa mamlakatlari vazirlari uçraşuvida qatnaşdi.
Kun.uz'ning jonli efirdagi “Geosiyosat” hafta tahlili dasturida siyosiy tahlilçilar AQŞning Suriyadagi manfaatlari va maqsadlari haqida söz yuritdi
Siyosatşunos Bektoş Berdiyevning fikriça, AQŞning Yaqin Şarqdagi maqsadlaridan biri – Katta Yaqin Şarq konsepsiyasini amalga oşirişdir. Bu konsepsiyaning asosiy masalalaridan biri esa – Ozod Kurdiston davlatini taşkil qiliş. Ozod Kurdiston törtta davlat – Turkiya, Suriya, Iroq va Eron yerlaridan taşkil topişi rejalaştirilgan.
“Suriyaning bundan keyingi taqdiri AQŞ va Turkiya örtasidagi muzokaralar va kelişuvlarga qarab hal böladi. Şuningdek, Suriyadagi yangi hukumatning barqaror kelajagi ham aynan AQŞ va Turkiya bilan örtasidagi munosabatlariga boğliq”, – deydi u.
Berdiyevga köra, AQŞning Suriyadagi manfaatlari, birinçidan, Isroilning şimoliy çegaralari xavfsizligi, ikkinçidan, kurdlar davlatini taşkil qiliş yoki heç bölmaganda bu yönalişda qadam taşlaş, uçinçidan, Suriyada Eronning ta’sirini butunlay yöq qilişdan iborat.
Siyosiy tahlilçi Şuhrat Rasulning sözlariga köra, bugungi kunda AQŞ Turkiya bilan hisoblaşişga majbur. Vaşington öz manfaatlari nuqtayi nazaridan Suriyada federativ davlat barpo etişni taklif qilayotgan bölişi mumkin.
“Gap yagona uçta mustaqil davlatning pozitsiyalari haqida ham boryapti, şu jumladan Amerikaning azaliy duşmani Eronning pozitsiyasi ham juda muhim. Birdaniga mintaqadagi törtta davlat bilan uruşib, ularga zöravonlik qilib, katta Kurdiston degan davlatni Amerika qançalik qudratli bölsa ham yarata olmaydi.
Vaşington va Anqara Suriyada federatsiya qurmoqçi. Keyin mana şuning doirasida kurdlarga ham avtonomiya va’da qilib berilişi mumkin”, – deydi u.

















