Kirill alifbosidagi yumşatiş (ь) belgisi qatnaşgan bir qator sözlarning özbek-lotin alifbosida qanday yozilişi – munozarali mavzulardan biri. Filologiya fanlari nomzodi Ravşan Jomonovning navbatdagi videodarsi şu haqda.

Aslida, özbek tilida yumşoqlik va qattiqlik hodisasi mavjud emas. Bu rus va boşqa tillarga xos hisoblanadi. Lekin 1940-yildan buyon ançagina sözlar rus tilida qanday berilsa, şu taqlidda yozib keldik. Vaholanki, bu belgi özbeklar nutqida biror-bir maʼno ajratiş xususiyatiga ega emas. Ilmiy tilda aytganda fonologik vazifa bajarmaydi.

Lekin biz ularni yozişga majburmiz. Çunki kirill yozuvi böyiça imlo qoidalari oxirgi marta 1956-yilda tasdiqlangan va öşa qoidalar asosida yozib kelamiz.

Yozuvlar transliteratsiya jarayonida vujudga keladigan holatlarning baʼzilari bilan quyida tanişib çiqamiz.

1) Сентябрь – sentabr, альбом-albom.

Yuqoridagi qatorda yumşatiş (ь) belgisi ahamiyatsiz bölgani uçun tuşirib qoldiriladi. Ikki misolda ikki xil örinda kelgan. Söz oxirida, şuningdek, baʼzi sözlar örtasida kelganda tuşirib qoldiriş mumkin. Agar foiz hisobida olsak, 70 foizida yumşatiş (ь) belgisi yozilmaydi. Bu narsa luğatlarda aks etgan va kompyuter dasturlarida ham bor.

2) Бульон – bulyon, сеньор – senyor, павильон – pavilyon, медальон – medalyon.

Yuqoridagi kabi misollarda öziga xos örinlar bor. Бульон, сеньор, павильон, медальон kabi sözlarni albatta, yumşatiş belgisi bilan yozamiz. Lekin talaffuzga eʼtibor berilsa, köp yillardan beri bu örinda bir “y” tovuşini qöşib bulyon tarzida aytib kelamiz, lekin birinçi marta öqigan odam “y”ni aytmaydi. Natijada tilimizga örnaşgan talaffuz lotin yozuviga transliteratsiya qilinadi: bulyon. Bu tarzda ögiriladigan sözlar ançagina.

Köpçilikda özbek lotin alifbosida özlaştirilgan yevropaça sözlarni ifodalaş qiyin yoki mumkin emas, degan iddaolar bor. Yozuv amaliyoti şuni körsatadiki, özbek lotin alifbosi kirillga nisbatan grafik jihatdan katta imkoniyatlarga ega. Masalan,