Janubiy Koreya hukumati Oy taqvimi böyiça Yangi yil nişonlanişi arafasida va koronavirus tarqalişi yana avj olişi mumkinligi sababli qat'iy karantin çoralarini 14 fevralgaça uzaytirişga qaror qildi. 

Janubiy Koreyaning soğliqni saqlaş va ijtimoiy ta'minot vaziri Kan De Xo koronavirusga çaliniş holatlari köpayişiga yöl qöyilsa, mamlakatni pandemiyaning navbatdagi tölqini qamrab olişi mumkinligini aytgan. Karantin rejimiga bir haftadan keyin vaziyatdan kelib çiqib tuzatişlar kiritilişi mumkin.

Ayni vaqtda Janubiy Koreyaning poytaxt hududida 5 balli şkala böyiça 4-darajali, qolgan hududlarda esa pastroq darajali ijtimoiy masofalaşuv çoralari amal qilmoqda. Seul, Kyongido provinsiyasi va Inçxon şahrida 4 kişidan köproq bölib yiğilişga taqiqlov saqlanib qolmoqda. Restoran va tamaddixonalar 21gaça işlamoqda. Tungi klublar va barlar faoliyati töxtatilgan.

Oxirgi sutkada Janubiy Koreyada 305ta kasallaniş holati qayd etildi. Pandemiya boşidan beri kasallanganlar soni 78 mingdan oşib ketdi.