Ustozni söroqlab, ularning iş jarayonlari bilan tanişiş maqsadida Farğona viloyati Özbekiston tumanidagi 65-IDUMIga taşrif buyurdik. U maktabda informatika va axborot texnologiyalari fanidan öquvçilarga saboq berib keladi. 27 yillik pedagoglik faoliyatiga ega tajribali ustoz, xalq ta’limi a’loçisi. Öquvçilari har yili viloyat va respublika fan olimiadalari, bilimlar bellaşuvlarida doimo ğoliblar qatorida böladi.

«Yutuqlarni qölga kiritişda öquvçilarimning mehnati ham bor. Öqituvçi yönaliş beradi, yölga soladi. Öquvçilarning özi harakat qiladi. 2004-2007 yillarda öquvçilarim bilan respublika fan olimpiadalarida qatnaşganmiz. 2011 yilda «Bilimlar bellaşuvi»da respublikada ikkinçi örinni olganmiz. Özim xuddi şu yili «Yil öqituvçisi» tanlovida respublikada ikkinçi örinni qölga kiritganman. Ijtimoiy tarmoqlarda bunçalik maşhur bölib ketişimni kutmagan edim. Xalqimiz ilmga, ilm beruvçi ustozga bunçalar e’tibor berişini körib faxrlanib ketdim kasbimdan. AKT sohasida öquvçilarga saboq berayotganimdan faxrlanaman. Uşbu kasb hozirda dunyo böyiça birinçi raqamli kasblardan hisoblanadi. Oddiy Filippindek davlat ham bu fanni rivojlantirib hozirda dunyoda bu sohada öz örniga ega bölmoqda. AKT bizning davlatimizning kelajakda işsizligini yöqotişga qodir fan deb hisoblayman», — deydi ustoz biz bilan suhbatda.
Maktab jamoasining ta’kidlaşiça, AKT sohasida ustozning ijtimoiy tarmoqlarda maşhur bölgan olimpiadaçi öquvçilaridan boşqa öquvçilari ham katta yutuqlarga erişmoqda. Köplab öquvçilar «Million dasturçi» loyihasida qatnaşib, kurslarni tugatmoqda. Xalq ta’limi vazirligining Coursera onlayn öquv platformasida kurslarni bitirişgan. Uşbu kurslarni a’lo baholarga öqigan öquvçilardan biri Şohrux Rustamov vazirlikdan sovğaga noutbuk qölga kiritdi.
«Öquvçilarimiz darslari tugagan zahoti xonamga yuguradi, bizda maktab internat yotoqli bölib, öquvçilarga hattoki tarbiyaçi öqituvçilar nazoratida keçqurunlari ham kompyuterlarimizni yoqib vazifalar bajarişadi. Kompyuter xonamiz tun-u kun tinmaydi», — deya öz öquvçilarini olqişlaydi ustoz Yöldoşeva.

Şuning samarasi bölsa kerak, öqituvçining maktabda tahsil oladigan 9-10-11-sinflardan olib çiqqan 9 nafar öquvçisining barçasi viloyat fan olimpiadasida mutlaq ğoliblikni qölga kiritib, respublika bosqiçiga yöllanma oldi.
Reportajni tayyorlaş jarayonida Odinaxon opa bilan sobiq öquvçilari haqida ham suhbatlaşdik. Öquvçilarning köplari dasturlaş böyiça maktabda öqib yurgan paytidanoq pul toparkan. IDUMIning 90 foiz bitiruvçilari Oliy öquv yurtlariga kirişini faxr bilan aytdi. Dasturlaşga qiziqqan öquvçilarini ingliz tili va matematika fanlariga alohida e’tibor berişini ta’kidladi, töqqizta ğolib öquvçilari orasidagilar ingliz tilidan IELTS xalqaro sertifikatlariga ega ekan.

Ustozga havas qildik. Afsuski, şunday fidoyi ustoz davlat mukofotiga loyiq körilmagani bizni taajjublantirdi. «Menga eng katta bahoni xalqimiz berdi. Şuning özi men uçun yuksak mukofot», — deydi ustoz biroz xijolat va kamtarlik bilan.

Qahramonimizning ta’limdagi muammolar haqida takliflari bilan qiziqdik. Garçi ular mikrofonga bu xaqida gapirişga tortingan bölsalar-da, eng avvalo ta’limda korrupsiyani yöqotiş kerakligini bildirdi.
«Ta’limdagi korrupsiya millatni tanazzulga tortadi. Olimpiadalar şaffofligini ta’minlaş kerak, bu yil bu borada katta qadam bosildi. Öqituvçilarimiz öz ustida işlaşlari şart, öquvçidan albatta bilimli bölişi şart. Ota-onalar bilan öqituvçi birligini mustahkamlaşimiz kerak», — deydi u.
Ayni kunlarda Odinaxon Yöldoşeva öquvçilari bilan respublika fan olimpiadasiga tayyorgarlik olib bormoqda. Rağbat va e’tibor har bir sohada kerakli bölgan narsa. Çunki ozgina e’tibor ham mehnati qadrlangan insonning öz kasbiga bölgan mehrini, işçanligini oşiradi.
Biz maqolani tayyorlaş jarayonida Özbekiston tumani hokimligidan ustoz Odinaxon Yöldoşeva hamda ularning öquvçilarini erişgan muvaffaqiyatlariga qaratilgan e’tibor böyiça munosabat söradik.
Tuman hokimligi axborot xizmati rahbari Dilşodbek Jabborovning bildirişiça, öqituvçining muvaffaqiyatlaridan söng, tuman hokimi ularning hammalari bilan alohida suhbatlaşib, yutuqlarini alohida e’tirof etib tabriklagan. Öquvçilar fan olimpiadasining respublika bosqiçida ham ğoliblikni qölga kiritişsa — har bir öquvçi uçun şaxsiy kompyuter, ularni tayyorlagan ustozlariga esa eng kami 2 mln. sömdan mukofot pullarini ötkazib berişni va’da qilgan.
Odinaxon Yöldoşeva hamda respublika fan olimpiadasiga tayyorgarlik körayotgan öquvçilariga omad tilab qolamiz.
Fayzullo Sultonov, Kun.uz muxbiri











