Şvetsiya AstraZeneca kompaniyasining koronavirusga qarşi vaksinasidan yoşi 65dan kattalarni emlaşda foydalanişdan voz keçdi. Bu haqda Şvetsiya jamoat salomatligi agentligiga tayanib Yevropeyskaya pravda xabar berdi.

 Regulyator Yevropa tibbiyot agentligi uşbu vaksinani qöllaşga şartli ravişda ruxsat berganidan söng mazkur preparatga oid ma'lumotlarni qayta körib çiqdi.

Natijada Şvetsiyada AstraZeneca vaksinasi bilan kiçik yoşdagilarni emlaşga qaror qilindi. Yoşi 65dan oşganlarga Pfizer-BioNTech yoki Moderna vaksinasi tavsiya etiladi.

 "Hozirça vaksina keksa yoşdagilarni qay darajada himoya qiliş borasida ma'lumotlar yetarli emas", - dedi jamoat salomatligi agentligi vakili Seren Andersson.

 Robert Koh instituti qoşidagi STIKO muntazam emlaş komissiyasi a'zolari ham AstraZeneca vaksinasi faqat 18 yoşdan 64 yoşgaça bölgan odamlar uçungina foydali deb hisoblaşgan.

 Avvalroq Polşa va Italiya keksa yoşlilarni AstraZeneca vaksinasi bilan emlaşdan voz keçgandi.