“Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov Maripov Uluğbek Asamidinoviçni boş vazir etib tayinlaş haqidagi farmonni imzoladi”, deb ma'lum qilingan prezident matbuot xizmatida.
Avvalroq Jogorku Keneş Maripovning nomzodini boş vazir lavozimiga va u tomonidan taklif qilingan hukumat tarkibini ma'qullagandi.
Japarov, şuningdek, hukumatning a'zolarini tayinlaş haqidagi farmonni ham imzolagan.
Qirğiziston parlamenti qaroriga köra, avvalgi hukumatning deyarli yarim a'zolari, jumladan boş vazir birinçi örinbosari Artyom Novikov, Milliy xavfsizlik davlat qömitasi raisi Qamçibek Taşiyev va taşqi işlar vaziri Ruslan Kazakbayev öz lavozimlarini saqlab qolişgan. Bir neça kun avval qayta taşkil etilgan mudofaa vazirligiga Taalaybek Omuraliyev rahbar etib tayinlangan.
Qirğizistonning yangi hukumatida vazirliklar va boşqarmalar soni avvalgi hukumatga nisbatan deyarli 2 marta qisqartirilgan.












