IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, u oila a'zolarini Ohangaron tumani hududidan olib ketişlarini aytib, avtomaşinaning old öng tomon örindiğiga ötirgan va yölni körsatib borgan.

Qayd etilişiça, ular Özar qişloğiga yetmasidan Erlan Z. yonida bölgan oşxona piçoğini Abdunabi X.ning böyin qismiga tirab, yonida bölgan bor pullari va buyumlarini berişini talab qilgan hamda haydovçi Abdunabi X.ga tegişli bölgan narxi 1 500 000 sömlik uyali telefon apparatini, avtomaşinasi boşqaruv pultini bosqinçilik yöli bilan qölga kiritgan.

Şundan söng Erlan Z. haydovçi Abdunabi X.dan avtomaşinasini Nurafşon şahar yönalişi böylab boşqarişini talab qilgan, haydovçi Abdunabi X. maşinasini Ohangaron tumani Oybuloq MFY Özar qişloğidan çiqişdagi avtobus bekati röparasida töxtatib, bekatda turgan notaniş şaxslardan yordam söragan va avtobus bekatida ötirgan notaniş fuqarolar Erlan Z.ni uşlab, IIB xodimlariga topşirişgan.

Mazkur holat yuzasidan Ohangaron tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Erlan Z.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi “a” bandi (bosqinçilik) bilan jinoyat işi qözğatilib, gumon qilinuvçi tariqasida jalb qilinib protsessual tartibda uşlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.