Vazirlar Mahkamasining “Qişloq xöjaligi ekinlarini yetiştirişda şör yuviş işlarini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Özbekistonda jami 4,3 mln gektar suğoriladigan yer maydoni bölib, 2020 yil 1 oktyabr holatiga köra suğoriladigan yerlarning 44,7 foizi har xil darajada, jumladan, 31,0 foizi kuçsiz, 11,9 foizi örtaça, 1,9 foizi esa kuçli şörlangani aytiladi.

“Yerlarni şör yuvişga tayyorlaş va şör yuviş işlarini tizimli taşkil etişga, ularning sifati va suv iste’molini nazorat qilişga yetarli e’tibor berilmayapti. Natijada, agroklasterlar, fermer va dehqon xöjaliklari tomonidan yerlarni şör yuvişga tayyorlaş va şörini yuvişda, ayniqsa, Qoraqalpoğiston Respublikasining şimoliy tumanlarida, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida, şuningdek, Buxoro, Navoiy, Farğona va Xorazm viloyatlarining köpçilik tumanlarida agrotexnika qoidalari va muddatlari qöpol ravişda buzilib, suv isrofgarçiligiga yöl qöyilmoqda, şör yuviş işlarining samarasi esa pastligiça qolmoqda.

Suvni tejaydigan suğoriş va lazerli yer tekislaş texnologiyalari joriy qilingan maydonlarda yerni şör yuvişga tayyorlaş va şörini yuviş işlarini amalga oşiriş yuzasidan xorijiy tajribalarni örganiş, yangi ilmiy-tadqiqot işlarini yaratiş işlari soha talablaridan ortda qolmoqda”, - deyiladi hujjatda.

Qaror loyihasi bilan:

Suv xöjaligi vazirligi Qişloq xöjaligi vazirligi bilan birgalikda har yili 10 noyabrga qadar har bir agroklaster, fermer va dehqon xöjaliklariga yerlarning meliorativ holati va şöri yuviladigan maydonlar, şör yuvişga pol oliş, suv me’yorlari hamda şör yuvişga yer tayyorlaş va şör yuviş işlarining maqbul muddatlari töğrisidagi ma’lumotlar hamda tavsiyalarni konturlar kesimida nomma-nom yetkazib berişni ta’minlaş hamda ularni taşkil qilişda amaliy yordam körsatişi;

Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi va viloyatlar hokimliklari şör yuvişga yer tayyorlaş işlarida yerlarning lazerli yoki uzun bazali tekislagiçlar yordamida tekislanişini, şör yuviş tadbirlarini nazorat qilib boriş hamda şöri yuvilgan maydonlarning belgilangan tartibda qabul qilib olinişi böyiça tumanlarda işçi guruhlar tuzişi;

yerlarning şörini yuviş me’yorlari va texnologiyalariga amal qilmagan, suv isrofgarçiligiga va şör sifatsiz yuvilişiga yöl qöygan agroklaster, fermer va dehqon xöjaligi rahbarlariga şör yuviş işlarini qabul qilib oliş böyiça işçi guruhi xulosasiga köra Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qiliş inspeksiyasi tomonidan belgilangan tartibda ta’sirçan çoralar qöllaş masalalari nazarda tutilgan.

Qaror loyihasida Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi, Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti tomonidan 2021/2022 öquv yilidan boşlab “Qişloq xöjaligida suvdan foydalaniş uslublari” va “Şör yuviş texnologiyalari” böyiça darslik va öquv qöllanmalari yangi avlodini yaratiş belgilab qöyilmoqda.

Şuningdek, qaror loyihasida qişloq xöjaligi ekinlarini yetiştirişda yerlarni şör yuvişga tayyorlaş va şörini yuviş işlarini taşkil etiş töğrisidagi tartib hamda şör yuviş va suvdan foydalaniş samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari dasturi tasdiqlanişi taklif etilmoqda.