Yonğin duşanba kuni taxminan soat 12:30–13:00larda, Samarqand darvoza mahallasining Duçor köçasidagi 14-A uyda boşlangan. Xonadon egalari işda bölgani sababli xabarsiz qolişgan va uy butunlay yonib ketgan.

Rasmiy axborotga köra, voqea joyiga şahar FVBning 3ta ekipaji soat 13:16da yetib borgan; yonğin soat 13:30da qurşab olinib, soat 14:18da töliq öçirilgan.

14-A uyda boşlangan kuçli olov qöşni xonadonlarga ötgan. Yonğin çiqqan uy butkul yonib ketgan bölsa, unga tutaş 2 ta xonadonga jiddiy, yana 2 ta uyga esa qisman talafot yetgan.

«Yonğin çiqqan paytda işda edim. Öt öçiruvçilar köpçilik edi, lekin yonğin kuçli bölgani uçun heç narsamizni asrab qoliş imkoni bölmadi», – deydi eng köp jabr körgan qöşnilardan biri Kamola Nazarova.

Kamola Nazarova

Yonğin çiqqan uy egasi Dildora Umbetaliyevaning aytişiça, yonğinga eskirib qolgan elektr simlari sabab bölgani taxmin qilinyapti.

«Asosiysi farzandlarim, turmuş örtoğim – hammamiz soğ-omonmiz. Şunga şukr. Yaqinlarimiz kömakka kelişdi. Yordam berayotganlarga minnatdorçilik bildirmoqçiman. Heç kimning boşiga tuşmasin», – dedi u.

Dildora Umbetaliyeva

Yuz bergan baxsiz hodisa tufayli bu oila bugun deyarli heç narsasiz qolgan. Barça jihozlar-u, kiyim-keçaklargaça butkul yonib kulga aylangan.

Jiddiy zarar körgan xonadon egalaridan biri Marhabo Murodxöjayeva avvaliga tutun çiqa boşlaganini ta'kidladi.

«Nima bölayotganini biliş uçun hovliga çiqsam, birdan portlaganga öxşaş ovoz çiqdi. Qörqib köçaga çiqib ketdim. Bolalarim boğça-maktabda edi. Keyin nima bölganini bilmayman, mazam qoçib qoldi. Uyimizning tomi qismi, şiftlari va içkari qismlari yonib ketgan. Jihozlar ham yongan, ayrimlarini qöşnilar olib çiqişgan», – deydi xonadon bekasi.

Marhabo Murodxöjayeva

Guvohlarning aytişlariça, qöşnilar qöllaridan kelgança jihozlarning olib çiqişga harakat qilişgan. Öt öçiriş maşinalari köçalar tor bölgani sababli kirişga qiynalgan.

Öt balosidan jabr körgan yurtdoşlarimizga yordam beriş niyatida bölgan qöli oçiq insonlar quyidagi kartalarga mablağ ötkazişlari mumkin:

  • Dildora Umbetaliyeva: 8600 3329 3258 5445 (öz nomida)
  • Kamola Nazarova: 8600 1402 1032 7772 (öz nomida)
  • Marhabo Murodxöjayeva: 8600 0610 9707 6094 (Murotxöjayeva Muborak nomida)