Komissiyaga quyidagi vakolatlar beriladi:
- xorijiy va mahalliy aviakompaniyalarning turizm va investitsiya yönalişlarida aviaparvozlarni taşkil etiş hamda faoliyatini amalga oşiriş çoğida yuzaga keladigan nizolarni muzokaralar ötkaziş yöli bilan tezkorlik bilan hal etiş;
- aviaparvozlarga ruxsat oliş tizimini soddalaştiriş, loukosterlarni jalb etiş, parvozlar geografiyasini “boğlaş” prinsipi orqali kengaytirişga tösqinlik qiluvçi muammoli masalalarni tezkor körib çiqiş va ularni hal etiş;
- “Oçiq osmon” rejimi joriy etilgan barça aeroportlarga yangi avia yönalişlar oçiş böyiça xorijiy kompaniyalarni jalb etiş, ularning loyihalarini öz vaqtida va samarali amalga oşirişga tösqinlik qiluvçi omillarni aniqlaş, ularni bartaraf etiş;
- aeroportlarda quruqlikda xizmat körsatiş (ground handling) sohasini takomillaştiriş, belgilangan narxlarni qayta körib çiqiş va maqbullaştiriş orqali investitsiyalarni jalb qiliş;
- hududlararo yönalişli avtotransport qatnovlarini kengaytiriş, yangi qatnovlarni taşkil etiş, şuningdek, uşbu sohadagi mavjud muammolarni tezkor hal qiliş çoralarini köriş;
- temir yöl transporti, şu jumladan temir yöl vagonlari va konteynerlar orqali taşiş tizimiga tadbirkorlik sub'yektlarini jalb qiliş tartibini takomillaştiriş, bu yönalişdagi muammolarni tezkorlik bilan hal qiliş.
Şuningdek, farmonga asosan, 2021 yil 1 martdan boşlab, Özbekiston fuqarolari va Özbekistonda doimiy yaşovçi fuqaroligi bölmagan şaxslardan joylaştiriş vositasida, ular yaşagan har bir kun uçun turistik (mehmonxona) yiğim undirilişi ham belgilangani e'lon qilingan.
2020 yilning 28 oktyabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasida davlat dasturining 3-çorakda bajarilişi yuzasidan hukumat hisobotida boş vazir örinbosari – Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi Aziz Abduhakimov mamlakatda turizmni tiklaş rejalariga töxtalgan va Özbekistonga loukosterlarni jalb qiliş çoralari körilayotganini ma'lum qilgandi.
5 oktyabrda bu boradagi rejalari bilan örtoqlaşgan Uzbekistan Airways aviakompaniyasi boşqaruvi raisining birinçi örinbosari Umid Husanov «Uzbekistan Airways kompaniyasida loukosterlar taşkil qilişni rejalaştirgandik. Ammo buni biroz ortga surib turişni ma'qul topdik. Çunki ayni vaqtda kompaniyani rivojlantiriş strategiyasini işlab çiqişni rejalaştiryapmiz», degandi.











