Qayd etilişiça, 2021 yil 18 yanvar kuni 24 yoşli Abdurahmon Z. tanişi, 24 yoşli Alim K. bilan birga videolavha suratga oliş niyatida dökonlardan biridan içki işlar organi xodimi formasini ijaraga olişgan, şuningdek, bozordan yöl-patrul xizmati xodimining jyezliga öxşaş jyezl ham xarid qilişgan. Mazkur şaxslar tanişi, 34 yoşli Otabek K.dan «VAZ-2106» avtomobilini vaqtinçalik foydalaniş niyatida olişgan, ammo uni boşqarişga huquqlari bölmagan.
Şundan söng, Yunusobod tumani Turğunboyev köçasi «Iftixor» mahallasida Alim K. içki işlar organi xodimi formasini kiygan holda qölida jyezl bilan avtomobil kapotiga yotgan.
«Şu tarzda huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlarining obro‘ va şa'niga zarar yetkazuvçi videolavha suratga tuşirilib, internet tarmoğida tarqatilgan», - deyiladi xabarda.
Har ikkala şaxsga nisbatan Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183-moddasi («Mayda bezorilik») va 209-1-moddasi («Vazirliklar, idoralar va taşkilotlar xodimlarining formali kiyim-boşini qonunga xilof ravişda kiyib yuriş») böyiça ma'muriy bayonnomalar rasmiylaştirildi. Bundan taşqari, Abdurahmon Z.ga nisbatan transport vositasini işonçnomasiz boşqargani uçun Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 135-moddasi («Yöl harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari bölmagan şaxslarning transport vositalarini boşqarişi») böyiça bayonnoma rasmiylaştirildi. Avtomobil jarima maydonçasiga joylandi.
2021 yil 8 fevral kuni Yunusobod tumani jinoyat işlari böyiça sudi tomonidan Alim K. va Abdurahmon Z.ga nisbatan beş sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi.












