Mebel va uy jihozlari işlab çiqariş hamda sotiş böyiça dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri – IKEA Toşkent viloyatida innovatsion mebel işlab çiqariş fabrikasini quradi. Bu viloyatda amalga oşirilişi rejalaştirilayotgan istiqbolli investitsiya loyihalar dasturida belgilangan.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati rahbari Behzod Qobulovning Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, yangi zavod yer maydoni 5,5 gektarni egallaşi, uning yillik mebel işlab çiqariş quvvati 3,2 ming donani, mahsulot qiymati esa 17 million dollarni taşkil etişi közda tutilgan. Loyihaning umumiy qiymati 52 million dollar bölib, uning qariyb 42 millioni xorijiy investitsiya hisobiga töğri keladi. Fabrika oçilgaç, 320 ta yangi iş örni yaratilişi reja qilingan. Loyihaning işga tuşiş muddati 22 oy qilib körsatilgan.
Avvalroq, prezident Şavkat Mirziyoyev Andijon va Toşkent viloyatlaridagi investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanişgani xabar qilingandi. Taqdimotda Toşkent viloyatida bu yil umumiy qiymati 1,6 milliard dollar bölgan 355ta loyiha işga tuşirilişi reja qilingani qayd etilgan. Şuningdek, 187ta yangi investitsiya loyihasini amalga oşiriş közda tutilgani aytilgan.












