Yevropa parlamentining 80dan ortiq deputati taşqi va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakil Jozep Borrelning Rossiyaga taşrifidan söng uning iste'fosini talab qildi. Yevrodeputatlar Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyenga bu borada maktub yölladi, deb xabar bermoqda DPA agentligi.

"Janob Borrel ötgan haftada amalga oşirgan taşrifi davomida bir neça marta Yevropa ittifoqi manfaatlarini himoya qilmadi", - deyiladi maktubda.

 Ular Borrelni Moskvaga "kamsitiluvçi" taşrifidan söng iste'foga çiqişga çaqirişgan. 

 "Agarda janob Borrel öz ixtiyori bilan iste'foga çiqmasa, Yevropa komissiyasi rahbari çora körişi şart deb hisoblaymiz", - deya qöşimça qilgan yevrodeputatlar.

 Ularning fikriça, YeI diplomatiyasi rahbari Rossiya vaziri Sergey Lavrovga qarşi turişi va diplomatlar çiqarib yuborilişi haqida xabar topişi bilanoq taşrifini yakunlaşi lozim edi.

Ötgan haftada Rossiya Aleksey Navalniyni qöllab-quvvatlaş uçun ötkazilgan mitingda qatnaşgani sababli Germaniya, Polşa va Şvetsiyaning uç nafar diplomatini mamlakatdan çiqarib yuborişini ma'lum qilgandi.

Uç nafar diplomatning çiqarib yuborilişi Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov va YeIning taşqi va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Jozep Borrel örtasida Moskvada ötkazilgan muzokaralar davomida ma'lum bölgan.