Vazirlar Mahkamasining “Respublikaning seysmik faol hududlarida joylaşgan bino va inşootlarning elektron texnik pasportlarini şakllantiriş tizimini joriy etiş töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Respublikaning seysmik faol hududlarida joylaşgan barça bino va inşootlarning seysmik xavfsizligini baholaş va ularning texnik pasportlaştiriş tizimini joriy etiş maqsadida “Respublikaning seysmik faol hududlarida joylaşgan bino va inşootlarning elektron texnik pasportlarini şakllantiriş tartibi töğrisidagi nizom” tasdiqlanadi.

Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan:

seysmik xavfni baholaş uçun 2021 yilning 1 apreliga qadar Özbekiston hududining amaldagi seysmik risk xaritasi hamda işlab çiqilayotgan hududlarning mayda masştabli seysmik risk xaritalari barça foydalanişi mumkin bölgan axborot vositalari orqali yetkaziladi;

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi yordamida dastur işlab çiqqan holda, kuçli zilzilalarni öz vaqtida prognoz qiliş va ular oqibatlarini bartaraf etiş hamda amalga oşirilişi lozim bölgan profilaktik çora-tadbirlar töğrisida ommaviy axborot vositalari orqali aholini doimiy xabardor qiliş çoralari işlab çiqiladi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi Quriliş vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Davlat soliq qömitasi huzuridagi Kadastr agentligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021 yil 1 aprelga qadar respublikaning seysmik faol hududlarida joylaşgan bino va inşootlarning elektron texnik pasportlarining yagona integratsiyalaşgan platformasini işlab çiqadi.

Şuningdek:

Fanlar akademiyasi va Quriliş vazirligi platformaga kiritilgan elektron texnik pasportlar asosida bino va inşootlarning seysmik zaiflik böyiça turlarga ajratilişi hamda texnik holatni baholaş işlariga;

Favqulodda vaziyatlar vazirligi bino va inşootlarning seysmik ta'sirlarga nisbatan zaifligi töğrisidagi ma'lumotlar monitoringini olib boriş hamda platformani yuritişga mas'ul etib belgilanadi.

2021 yil 1 apreldan boşlab respublikaning seysmik faol hududida joylaşgan mavjud bino va inşootlar, şuningdek köp qavatli turar joylarning seysmik zaifligini baholaş uçun zarur bölgan ma'lumotlarni nazarda tutuvçi elektron texnik pasportlar şakllantiriladi.

2021 yil 1 maydan boşlab yangi qurilişi rejalaştirilayotgan köp qavatli bino va inşootlarning konstruktiv tizimi, quriliş maydonining seysmik darajasi, yuk kötaruvçi konstruksiyalar materiallarining mustahkamlik körsatkiçlarini nazarda tutuvçi elektron texnik pasportlarni şakllantiriş amaliyoti yölga qöyiladi.