Naked Science naşri xabariga köra, bino Antonov-Ovseyenko köçasida, istiqboldagi «Siti-2» majmuasi hududida joylaşadi. Loyihani «Meganom» arxitektura byurosi işlab çiqqan.
Osmonöpar bino yer ustidagi 95 va yer ostidagi beş qavatdan iborat bölişi rejalaştirilgan. Unda 1 018 ta kvartira joylaşadi. Majmuaning umumiy maydoni 225 ming kvadrat metrdan oşadi.
Loyihaning rasmiy vizual tasvirlari hozirça eʼlon qilinmagan. Biroq avval tarqalgan konsepsiyalar taşqi körinişi jihatidan «Jenga» stol öyinidagi konstruksiyaga qiyoslangan. Arxitektura yeçimida bir-biriga nisbatan siljitib joylaştirilgan, taşqariga çiqib turuvçi qismlar, terrasalar, lodjiyalar va balkonlar közda tutilgan.
Naşr maʼlumotiga köra, qurilişni «Donstroy»ning sobiq hammulkdori Maksim Blajko va Promsvyazbank tuzilmalari bilan boğliq kompaniya amalga oşiradi.
Xabarda qayd etilişiça, Yevropaning eng baland binosi Sankt-Peterburgdagi 462 metrli «Laxta Sentr» bölib qolmoqda. Moskvadagi yangi loyiha esa aynan turar joy binolari toifasida rekord örnatişi kutilmoqda.
Şuningdek, avgust oyida Rossiyaning «Glavgosekspertiza» idorasi «Laxta Sentr - 2» loyiha hujjatlariga ijobiy xulosa bergan. Majmuaning ikkinçi minorasi balandligi 703 metr bölişi rejalaştirilgan.








